1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 iTEP xalqaro imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

27.03.2024
Article image

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP - International Test of English Proficiency ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi va nomzodlarning tinglab tushunish, o‘qish, grammatika, yozish va gapirish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.


Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52) orqali 15-aprel sanasiga qadar amalga oshiriladi.


iTEP imtihonining narxi - 1 300 000 so‘m


Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) 16 aprelda tashkil etiladi va natijalar 24 soat ichida e'lon qilinadi. 




openEye

246

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar