Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.
Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.
Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.
Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.
239