Endilikda fuqarolarni (chaqiriluvchi va harbiy xizmatga majburlar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruvi my.gov.uz mobil ilovasi orqali elektron shaklda xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Eslatma: Mazkur tartib amaldagi qog‘oz shakldagi chaqiruv qog‘ozini berish tartibini bekor qilmagan holda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi.
Bunda elektron chaqiruv xabarnomasini olish uchun my.gov.uz mobil ilovasi foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Elektron chaqiruv xabarnomasi mobil ilovaning xabarnomalar bo‘limida aks ettiriladi.
66