Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil etiladi.
Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;
Universitetda 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq, ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
139