1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

09.09.2024
Article image

📣

Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan QOPLAB berilmaydi


✅Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqatkunduzgi ta’lim shaklida davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.


❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.


✅Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.



openEye

96

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar