1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 "O‘qituvchilar almashinuvi Koreya-O‘zbekiston 2024"

07.02.2024
Article image

📣

"O‘qituvchilar almashinuvi Koreya-O‘zbekiston 2024" loyihasi uchun pedagoglar tanlab olinadi!

Mamlakatimiz maktablarida koreys tilidan dars berayotgan o‘qituvchilar uchun xushxabar!


Endi sizda Janubiy Koreyada tajriba oshirish imkoniyati mavjud.

Mazkur loyihada ishtirok etish uchun oliy ma’lumotli hamda ta’lim muassasasida koreys tilidan dars beruvchi o‘qituvchilar ariza topshirishi mumkin.


Loyiha bo‘yicha 5 nafar o‘qituvchi tanlab olinadi. Ular Koreyada 2024-yilning 1-martidan 2025-yilning 28-fevraliga qadar faoliyat yuritishadi.


Nomzodlar uchun talablar:


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

-Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritishi;

-Koreys tilini yaxshi bilishi;

-Koreys tilidan (TOPIK) sertifikatiga, Ta’lim markazi yoki King Sejong institutida koreys tili kurslarini tamomlaganlik sertifikatlari va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lishi;

-Oldingi ish joyiga qaytgandan keyin kamida 4 yil ishlashi (majburiy);

-Koreya vizasini olishda cheklovlar bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi kerak.


Ilovalarni tashkec.uz sayti orqali yuklab olish mumkin.


Hujjatlarni kectash@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingiz so'raladi.


G'oliblarga ikki tomonlama aviachiptalar, har oylik maosh, turar joy va tibbiy xizmat to‘lovlari to‘lab beriladi.


Qo‘shimcha ma’lumotlarni; +998 93 044 3209 hamda +998 93 301 3301 telefon raqamlari bilan bog‘lanib olish mumkin.

openEye

126

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar