Bugungi kunda O‘zbekistondagi OTMlarning bakalavr bosqichida jami 1 mln 314 ming 411 nafar talaba tahsil olmoqda. Magistraturada 24 ming 266 nafar, ordinaturada esa 3 ming 638 nafar talaba o‘qiyapti.
Eng qizig‘i bakalavrda ham (50,48%), magistraturada ham (60,05%) qizlar ulushi yigitlarnikiga qaraganda ko‘proq.
1 mln 153 ming 666 nafar talaba 30 yoshdan kichik, 188 ming 670 nafar talaba esa 30 yoshdan katta.
Kurslar kesimiga qarasak, yildan yilga talabalar soni (qabul kvotalari) oshib borayotganini ko‘rish mumkin.
57