1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Talabaga KONSPEKT kerakmi?

07.01.2025
Article image

Konspekt kerakmi?

Talabaga konspekt yozish kerakmi? Yoki ma’ruza tinglashning o‘zi foydaliroqmi? Butun diqqatini konspekt yozishga qaratgan talaba ma’ruzani qay darajada tinglay oladi? Maqolada shu kabi jihatlarga kengroq to‘xtalamiz.


📝Konspekt yozish – ma’lumotlarni tizimlashtirishga, ma’ruza yoki o‘quv materialining asosiy fikrlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi, shuningdek, yangi ma’lumotlarni eslab qolish va o‘zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, konspekt semestr oxirida, sessiya oldidan materialni ko‘rib chiqish uchun foydali bo‘ladi. Konspekt foydali bo ‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi sabablar:


📝“O‘qishni osonlashtirish” – konspekt asosiy fikrlar va g‘oyalarni ajratib ko‘rsatishga yordam beradi, ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va eslab qolishni osonlashtiradi.


📝“Fikrlarni tartibga solish” – ma’lumotlarni yozib olish orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini tartibga solib, mantiqiy ketma-ketlikni yaratadilar, bu esa mavzuni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.


📝“Vaqtni tejash” – tayyor konspektga ega bo‘lish talabalarga imtihonlarga tezroq tayyorlanish imkonini beradi, chunki ularda allaqachon materiallar to‘plangan va tartibga solingan.


🎓Talaba o‘zi uchun qaysi yo‘l qulay va oson bo‘lsa o‘shani tanlagani yaxshi natija beradi. Hech narsaga tushinmasdan turib leksiyaning boshidan oxirigacha konspekt yozgandan ko‘ra, talaba e’tibor bilan uni tinglasa ancha foydaliroq bo‘ladi.



openEye

71

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar