O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat nafaqa ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasida ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sanab o‘tilgan. Mazkur Qonunning “y” bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Yoshga doir nafaqa olish huquqiga (erkaklar uchun – 60, ayollar uchun -55 yosh) qadar kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lsangiz, shundagina oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan davringiz ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga esa ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
585