1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 “Yoshlar daftari” orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetdi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.

01.02.2024
Article image

2023-yil yakuniga qadar yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 338 ming nafar yoshga 444 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi.


Xususan;


  • ijtimoiy himoyaga muhtoj 49 453 nafar talabaga ta’limni davom ettirishi uchun 132 mlrd so‘m kontrakt pullari to‘lab berildi;


  • ishsiz bo‘lgan 18 544 nafar yoshga 59,8 mlrd so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratilib, mahallaning o‘zida bandligi ta’minlandi;


  • band bo‘lmagan 17 321 nafar yosh ilm-fan, zamonaviy kasblar va haydovchilikka o‘qitilib, 26 mlrd so‘m o‘quv kurs xarajatlari to‘lab berildi;


  • uyushmagan yoshlarning 7 605 nafari safarbarlik chaqiruvi rezerviga jalb qilinib, 39,4 mlrd so‘m harbiy xizmat badali to‘liq to‘lab berildi;


  • nogiron va bemor 31 459 nafar yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, 38,1 mlrd so‘m davolanish xarajatlari to‘lab berildi;


  • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning 213 651 nafari dehqonchilik, tadbirkorlik, fuqarolik pasportni rasmiylashtirish, musobaqalarda ishtirok etish, noturar joy va loyihalarni amalga oshirish xarajatlari qoplanib, 135,7 mlrd so‘m yo‘naltirildi.


Shuningdek, “Yoshlar daftari” tuman (shahar) jamg‘armalarida jami 537 mlrd so‘m hamda viloyat jamg‘armalarida 137,3 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirildi.

openEye

34

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar