Mentalaba - <!-- -->Amaliy kosmik texnologiyalar | Mentalaba

Amaliy kosmik texnologiyalar

Toshkent davlat transport universiteti

Magistr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun jadal rivojlanayotgan kosmik texnika va istiqbolli kosmik texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash.

Talabalar samolyotlarni boshqarish tizimlari, kosmik aloqa va navigatsiya tizimlari, kosmik robototexnika, yerni masofadan zondlash tizimlarini ishlab chiqish va loyihalash bo'yicha fundamental tayyorgarlikdan o'tadilar. Ular eksperimental, nazariy va amaliy astronomiyani, iqtisodiyot tarmoqlari uchun masofadan zondlashning amaliy texnologiyalarini, shuningdek, tegishli tabiiy va texnik fanlar sohalarini o'zlashtiradilar.

Talabalar kosmik texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish uchun murakkab kompyuter va elektron-elektr komponentlarini o'rganadilar. Iqtisodiyotning turli sohalarida kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish uchun inson imkoniyatlarini kengaytiradigan sun'iy yo'ldosh tizimlari va nanosun’iy yo‘ldoshlarni qanday yaratishni bilib oladilar.


Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon


Ta'lim tili: O'zbek tili


Kunduzgi ta'lim: 7 771 270 so'm


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
8 968 000 so'm / yillik
;