Arxitektura | Mentalaba

Arxitektura

Millat Umidi University

Bakalavr

Qabul mudati: 20 May - 30 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Arxitektura — bu bino va inshootlarni zamonaviy talablar asosida loyihalash, qurish va estetik jihatdan shakllantirishni o‘rganuvchi yo‘nalishdir. Ushbu soha san’at, texnologiya va muhandislik bilimlarini uyg‘unlashtirgan holda qulay, xavfsiz va funksional muhit yaratishga qaratilgan.

Yo‘nalish davomida talabalar arxitektura loyihalash asoslari, qurilish chizmachiligi, interyer va eksteryer dizayni, shaharsozlik, landshaft dizayni, 3D modellashtirish hamda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini o‘rganadilar.


Arxitektura bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Arxitektor — turar joy, jamoat va sanoat binolarini loyihalash
  • Interyer dizayner — ichki makon va bezak yechimlarini yaratish
  • Shaharsoz — shaharlar va jamoat hududlarini rejalashtirish
  • Landshaft arxitektori — bog‘lar, parklar va tashqi muhit dizaynini ishlab chiqish
  • Qurilish loyihalari dizayneri — arxitektura va qurilish loyiha chizmalarini tayyorlash
  • 3D vizualizatsiya mutaxassisi — arxitektura modellari va vizual taqdimotlar yaratish

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili, Ingliz tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Ingliz, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
18 000 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
18 000 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Ingliz tili
28 000 000 so'm / yillik