Atrof-muhitni muhandislik muhofazasi | Mentalaba

Atrof-muhitni muhandislik muhofazasi

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali

Bakalavr

Qabul mudati: 15 Iyun - 15 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Atrof-muhitni muhandislik muhofazasi — bu tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan ta'lim yo‘nalishidir. Dastur talabalarga ekologiya, muhandislik, zamonaviy ekologik texnologiyalar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni beradi.

Ta'lim jarayonida atmosfera havosi, suv va tuproqni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash, ekologik monitoring, sanoat ekologiyasi, atrof-muhitga ta'sirni baholash (AMTB), ekologik menejment, ekologik qonunchilik hamda barqaror rivojlanish tamoyillari o‘rganiladi.


Bitiruvchilar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Ekolog muhandis — atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va joriy etish.
  • Ekologik monitoring mutaxassisi — havo, suv va tuproq holatini monitoring qilish va tahlil etish.
  • Chiqindilarni boshqarish mutaxassisi — sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish tizimlarini boshqarish.
  • Ekologik xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis — korxonalarda ekologik me'yorlarga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Atrof-muhit bo‘yicha maslahatchi — ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta'sirni baholash loyihalarini ishlab chiqish.
  • Ilmiy tadqiqotchi — ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish sohasida ilmiy izlanishlar olib borish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Kimyo – 40; Matematika/Fizika – 40/41; Rus tili – 40


Ta'lim tili: Rus tili


Ta'lim shakli:Kunduzgi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Rus
Kunduzgi - Rus tili
20 000 000 so'm / yillik
Masofaviy - Rus tili
15 000 000 so'm / yillik