Atrof-muhitni muhandislik muhofazasi (Magistratura) | Mentalaba

Atrof-muhitni muhandislik muhofazasi (Magistratura)

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali

Magistr

Qabul mudati: 15 Iyun - 15 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Atrof-muhitni muhandislik muhofazasi magistratura dasturi ekologik xavfsizlikni ta'minlash, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Dastur magistrantlarga ekologik muhandislik, atrof-muhit monitoringi, chiqindilarni boshqarish, ekologik menejment, barqaror rivojlanish va ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha chuqur nazariy hamda amaliy bilimlarni beradi.

Ta'lim jarayonida ekologik monitoring, atmosfera havosi, suv va tuproqni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhitga ta'sirni baholash (AMTB), ekologik audit, ekologik menejment tizimlari, sanoat ekologiyasi, innovatsion ekologik texnologiyalar va ekologik xavfsizlik masalalari o‘rganiladi.


Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Ekolog muhandis va ekologik xavfsizlik bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Davlat ekologiya tashkilotlari va nazorat organlarida ekspert.
  • Sanoat korxonalarida ekologik menejer.
  • Ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda ilmiy xodim.
  • Oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarda pedagog hamda tadqiqotchi.
  • Ekologik konsalting va atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalari bo‘yicha mutaxassis.

Va boshqa mos keluvchi lavozimlarda faoliyat yuritishi mumkin.


Qabul imtihoni: Mutaxassislik fanidan og‘zaki suhbat Minimal o‘tish bali: 60 ball


Ta'lim tili:Rus tili


Ta'lim shakli: Kunduzgi


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Rus
Kunduzgi - Rus tili
25 000 000 so'm / yillik