Bank ishi
Fan va texnologiyalar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Bank ishi va audit - “Bank ishi va audit” yo‘nalishi talabalarga bank ishi, moliyaviy audit va risklarni boshqarish bo‘yicha chuqur bilim beradi. O’qish davomida talabalar banklarning ishlash tamoyillari, moliyaviy audit usullarini o'rganadilar, shuningdek, moliyaviy risklarni baholash va boshqarish tamoyillarini o'zlashtiradilar. “Bank ishi va audit” ixtisosligi bo‘yicha bitiruvchilar bank sohasida ishlashni davom ettirishlari mumkin, moliyaviy auditorlar, risk menejerlari yoki korporativ moliya bo‘yicha mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ular konsalting, boylikni boshqarish, kompaniyalarning moliyaviy bo'limlarida ishlash yoki moliya sohasida audit va konsalting bo'yicha kasb tanlashlari mumkin. Nima uchun “Bank ishi va audit” yo’nalishini tanlash kerak? Bank sektori doimiy ravishda o'sib, rivojlanib, yangi ish o‘rinlari va yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va moliya sohasidagi o'zgarishlar ushbu yo’nalishni ayniqsa talabgir qilmoqda. Malakali bank va audit mutaxassislari moliyaviy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy noaniqlik davrida risklarni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu sohadagi mutaxassislar hozirgi kunda milliy va xalqaro miqyosda katta talabga ega.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 21 780 000 so'm / yillik
- Kechki
- 17 400 000 so'm / yillik