
Fan va texnologiyalar universiteti
Xususiy universitet
Toshkent shahri
3.2
(1 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Fan va texnologiyalar universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 27-iyul kuni berilgan № 331658 litsenziyasi asosida o’z faoliyatini yuritadi.
Universitetni tamomlagan talabalarga butun O’zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi beriladi. Ushbu diplom bilan istalgan hususiy korxonaga yoki davlat idorasiga ishga joylashish mumkin.
Nega USATni tanlash kerak?
Fan va texnologiyalar universiteti — bu zamonaviy bilimlar va amaliyot uyg‘unlashgan, talabalar ilk kundanoq real loyihalarda ishtirok etadigan innovatsion ta’lim maskanidir. Universitet muhandislik, axborot texnologiyalari, biznes va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida global mehnat bozoriga moslashtirilgan zamonaviy dasturlarni taklif etadi. Darslar amaliy tajribaga ega mutaxassislar hamda xalqaro o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi, bu esa bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshiradi.
Shuningdek, universitet talabalarning rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi — stipendiyalar, yetakchi kompaniyalarda amaliyotlar, startaplar va xakatonlarda ishtirok etish orqali ularning shaxsiy va kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Zamonaviy infratuzilma, qulay o‘quv sharoitlari va faol talabalar hayoti — bularning barchasi Fan va texnologiyalar universitetida sizni kutmoqda. Fan va texnologiyalar universiteti - muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi.
Fan va texnologiyalar universiteti o’z faoliyatini 2022-yilda boshlaganiga qaramay, hozirda universitetda 6500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularga 150 ga yaqin malakali professor-o’qituvchilar sifatli ta’lim berib kelmoqda. Universitetimiz yosh bo'lishiga qaramay, hozirdan yuqori marralarni egallamoqda. Talabalarimiz 135 ta OTM jamoalari, shu jumladan 1080 nafar talaba ishtirok etgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritib, 2 mlrd so’m miqdoridagi Prezident sovg’asi bilan taqdirlangan. Shu bilan birga, talabamiz Bahodir Anorov Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.
Universitet xalqaro standartlar asosida, xorijiy taʼlim muassasalari tajribasiga asoslangan holda faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda AQSH, Xitoy, Qatar, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari yo'lga qo'yilgan.
Universitet faoliyatining o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish kredit-modul taʼlim tizimi asosida amalga oshirilib, o‘quv mashg‘ulotlari yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar va o‘quv materiallari asosida olib boriladi. Universitetda talabalar uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlari va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan axborot resurs markazi, elektron kutubxona, oshxona va tibbiyot xonalari faoliyat olib boradi. Universitet binosi to‘liqligicha Wi-Fi tarmog‘i bilan qamrab olingan bo‘lib talabalarning internet resurslaridan foydalanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Fan va texnologiyalar universitetida talabalarga birinchi kursdan amaliyot o'tash imkoniyati beriladi. Universitetning "Career Center" markazi barcha bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Grantlar
- Fan va texnologiyalar universitetida 21 ta grant o'rinlari ajratilgan. Buning uchun “Fan javohirlari” olimpiadasida ishtirok etish kerak. 7 ta fandan o'tkaziladigan olimpiadada har bir fandan 1, 2 yoki 3-o'rinni qo'lga kiritgan o'quvchilar universitetda 4 yil davomida grant asosida ta'lim olishi mumkin.
- Ijtimoiy faol talabalarga turli stipendiyalar beriladi.
- B1 va unga tenglashtirilgan sertifikatga ega abituriyentlarga - 5% chegirma
- B2 va unga tenglashtirilgan sertifikatga ega abituriyentlarga - 10% chegirma
- 100% to'lov qilinganda 10% chegirma
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- 100208, Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Algoritm dahasi, Diydor ko’chasi 71
Izohlar

Izohlar mavjud emas










Izohlar
Izohlar mavjud emas