Bank ishi
International School of Finance Technology and Science
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Bank ishi va auditi
Dastur bank ishi va audit sohasida umumiy madaniy va kasbiy kompetensiyalarning yagona yaxlit majmuasini shakllantiradi. Zamonaviy iqtisodiyot asosiy kompetensiyalarga, zamonaviy texnologiyalar va vositalarga, tijorat va biznes jarayonlarini moliyaviy tahlil qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarga, rivojlangan tahliliy fikrlash va tadqiqot ko‘nikmalariga ega bo‘lgan bank xodimlarining sifat jihatidan yangi avlodini talab qilmoqda.
Bu yo‘nalishda talabalarga bank ishi, moliya va audit asoslari, hisob siyosatini shakllantirish, xalqaro moliya, pul-kredit siyosati, bank muammolarini hal etish, investisiyalar va investorlar faoliyati bilan bog`liq fanlar o‘rgatiladi. Shuningdek, talabalar statistika, ekonometrika, soliqlar bo'yicha asosiy bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo'ladilar.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 250 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 17 250 000 so'm / yillik
- Masofaviy - O'zbek tili
- 9 375 000 so'm / yillik
- Masofaviy - Rus tili
- 9 375 000 so'm / yillik
