
International School of Finance Technology and Science
Xususiy universitet
Toshkent shahri
5.0
(15 Izohlar)
Qabul muddati
5 Aprel 2025 - 30 Sentabr 2025
Akkreditatsiya guvohnomasi
OTM litsenziyasi
OTM haqida
2016 yilda tashkil topgan MChJ «International School of Finance Technology and Science» O’zbekistondagi eng ilg’or innovatsion va istiqbolli o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi.
2021 yildan boshlab, MChJ «International School of Finance Technology and Science» o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan berilgan Litsenziya bo’yicha “ISFT Instituti” brend nomi orqali oliygoh sifatida yuritadi.
ISFT Instituti moslashuvchan g’arb ta’lim tizimini uyg’unlashtirgan holda zamonaviy ta’lim amaliyotidan foydalanadi. Bizning asosiy o’ziga hos tomonlarimiz shundan iboratki, samarali o’qitishning xalqaro e’tirof etilgan tamoyillari to’g’ridan- to’g’ri emas, balki O’zbekistondagi ta’lim darajasi va xalq dunyoqarashiga moslashtirilgan holda tadbiq etiladi.
TA’LIM MUHITI
O’quv dasturining asosiy fanlari milliy va global (dunyo) miqyosidagi tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. “ISFT Instituti” talabalari zamonaviy ma’ruza auditoriyalari, kutubxonalar va elektron resurslarga keng imkoniyatlar yaratilgan kompyuter xonalarida o’qish jarayonida ular maxsus kooperativ ishchi muhitida bo’ladilar. “ISFT Instituti” o’z maqsadlarini nafaqat O’zbekistonda tan olingan, balki o’z bilimi, qobiliyatlari, ijodkorligi, keng fikrlash doirasi bilan dunyoda tan olinadigan bitiruvchilarni tayyorlashga yo’naltirilgan. Bizning talabalarimiz samarali ta’lim muhitida o’qituvchilar tomonidan taqdim etilayotgan o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan yangi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
O’ZIGA HOS O’QITISH USLUBI
“ISFT Instituti” jahon amaliy tajribasini ta’lim sohasiga singdirgan holda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga intiladi. Bizning talabalarimiz yetakchi mutahassislar rahbarligida o’qish imkoniyatlariga egadirlar. Shuningdek, tadqiqotlar hamjamiyatida bo’la turib , ular o’quv dasturlarining dastlabki kunlaridanoq samarali tadqiqot usullarini o’rgana boshlaydilar. Talabalar keng ta’lim olishlarida va ishga joylashishida tengi yo’q bo’lgan turli masalalarni yechish ko’nikmalarini va malakalarini yaxshilash qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
KICHIK GURUHLAR SAMARADORLIGI
“ISFT Instituti” barcha talabalariga kichik guruhlarda, maxsus ishchi jamoalarida, tajribali o’qituvchilar va akademiklar qo’l ostida ta’lim olish imkoniyatini taqdim qilish samaradorligi g’oyasi tarafdoridir. Bu uslub talabalarning ijodkorligi va tashabbuskorligini rivojlantiradi va faol-tadqiqotlar olib boriladigan o’quv muhitida bilim olishning foydaliligini oshiradi.
BIZNING BITIRUVCHILARIMIZDAGI AFZALLIKLAR VA O’ZIGA XOSLIKLAR
- - O’z sohasida mukammal kompleks bilimlarga egaligi
- - Tanqidiy fikrlash va qo’yilgan masalalarni yechish ko’nikmasiga egaligi
- - Biznes savodxonligi va kirishuvchanligi
- - Yetakchilik sifatlari, jamoat bo’lib ishlash va rivojlanish ko’nikmalari
- - Ahloqiy kompetensiyaga egaligi va xalqaro bag’rikengligi
- - O’z ishiga sadoqat, hissiyotni jilovlay olish sabr bardoshli bo’lish.
Grantlar
ISFT instituti tomonidan faqat kunduzgi ta’lim yo’nalishiga xujjat topshirayotgan abituriyentlarga grantlar ajratish tartibi:
Har o’quv yili uchun ISFT Instituti tomonidan 300 ta grant (Ta’sischilar majlisiga ko’ra o’zgartirish kiritilishi mumkin) ajratiladi, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj (yoshlar daftari, ayollar daftari, temir daftarga kiritilganlar, yetim, chin yetim va nogironligi mavjud bo‘lgan nomzodlar) talabalar uchun 50 nafar grant ajratiladi. O’quv yilining qabul jarayonlari yakunlangunga qadar institut tomonidan qo’shimcha grantlar ajratilishi mumkin.
Grantlar tanlov asosida quyidagi yo’nalishlardagi sinovlardan eng ko’p ball olgan abituriyentlarga ajratiladi:
- 1-bosqichda ichki imtihonlardan 100 balldan yuqori natija qayd etish;
- 2-bosqichda mantiqiy test-sinov imtihonini topshirish;
- 3-bosqichda maxsus komissiya suhbatidan o’tish.
Grantlar 4 yil muddatga ajratiladi, bunda grant g’olibi bo’lgan talabalar barcha 4 yillik o’quv-rejasidagi fanlarni o’z vaqtida o’zlashtirishi hamda yakuniy imtihonlardan minimal talab etilgan ballarni to’plashi shart. Fanlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirolmagan va belgilangan ballarni to‘play olmagan talabalar grantdan to‘lov-kontrakt shakliga o‘tkaziladi va bu haqida talaba ogohlantiriladi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Qibray ko'chasi, 7B-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas