Mentalaba - <!-- -->Bank ishi (Bank ishi va moliya) Malayziyaning Linkoln Universitet Kolleji bilan hamkorlikdagi qo‘shma dasturi uchun (2+2) | Mentalaba

Bank ishi (Bank ishi va moliya) Malayziyaning Linkoln Universitet Kolleji bilan hamkorlikdagi qo‘shma dasturi uchun (2+2)

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari)

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 23 Sentabr 2025

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Qo’shma dastur haqida tushuncha

Bank ishi - bu yo‘nalish moliyaviy tizim, banklar faoliyati, pul muomalasi, kreditlash, moliyaviy bozorlar va risklarni boshqarish sohalariga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatadi. Ushbu yo‘nalishda tahsil olgan talabalar banklar, moliya institutlari, sug‘urta kompaniyalari hamda boshqa moliyaviy tashkilotlarda ishlash uchun zarur nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar.

Bank ishi va moliya yo‘nalishi - bu banklar, moliyaviy tashkilotlar va umumiy moliya tizimi qanday ishlashini o‘rgatadigan bakalavr darajasidagi ta’lim yo‘nalishidir. Ushbu yo‘nalishda o‘qigan talabalar bank tizimi, pul va kredit muomalasi, investitsiyalar, moliyaviy boshqaruv, risklarni tahlil qilish va xalqaro moliya kabi yo‘nalishlarda bilim olishadi. Talabalarni banklar, moliyaviy institutlar va davlat moliya tizimida ishlashga tayyorlash. Ular moliyaviy qarorlar qabul qilish, pul oqimini boshqarish, kreditlar va investitsiyalar bilan ishlashni o‘rganadilar.

Bank ishi va moliya taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi taʼlimda 2+2 shaklida (2 yil O’zbekistonda va 2 yil Malayziyada) amalga oshiriladi. O‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

 

Akademik profil

Talabalarga bank tizimi va moliya sohasiga oid nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni berish orqali ularni moliyaviy institutlar, banklar, investitsiya va sug‘urta tashkilotlari, shuningdek, davlat moliya organlarida ishlashga tayyorlash.

·      Bank va moliya tizimining tuzilmasini chuqur tushunadi

·      Moliyaviy hujjatlar bilan ishlashni biladi

·      Kredit va investitsiya risklarini baholay oladi

·      Bank xizmatlarini tahlil qiladi va takliflar ishlab chiqadi

·      Axborot texnologiyalaridan moliyaviy sohada foydalana oladi

·      Moliyaviy qarorlar qabul qilishda mustaqil fikrlaydi

Karyera imkoniyatlari

·      Bank xodimi, kredit mutaxassisi

·      Moliya bo‘yicha maslahatchi

·      Sug‘urta agenti yoki investitsiya tahlilchisi

·      Byudjet tashkilotlarida iqtisodchi

·      Auditorlik va buxgalteriya sohalarida mutaxassis

Bitiruvchilarning ish haqi malaka darajasi, ish tajribasi, joylashuvi va tashkilot turiga bog’liq ravishda o'rtacha, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislar uchun ish haqi oyiga 2500-3500 dollarga yoki undan ham ko'proq bo’lishi mumkin.

Bakalavr darajasi bitiruvchilarga Malayziya, O’zbekiston yoki boshqa xorijdagi universitetlarda tegishli magistraturada o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Qo'shma ta'lim
16 800 000 so'm / yillik
;