Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari)
Davlat universiteti
Samarqand viloyati
3.2
(1 Izohlar)
Qabul muddati
20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali qo'shma ta'lim dasturlari haqida ma'lumot
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali (TDIUSF) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 maydagi 438-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda Germaniya, Latviya, Malayziya davlatlarining yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik o’rnatib, malakali kadrlar tayyorlash - Filialimizning asosiy vazifalaridandir.
Shu asosda Germaniya, Latviya va Malayziya davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan bo’lib, hozirda «Iqtisodiyot», «Axborot tizimlari va texnologiyalari» va «Raqamli iqtisodiyot» singari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha jami 80 nafar talaba tahsil olishmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha “Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi tashkil etilib, filial strukturasiga kiritilgan. 2019-yildan boshlab, Germaniyaning Vaynshtefan-Triyezdorf amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda “Iqtisodiyot (Oziq-ovqat tizimlarini boshqarish)” taʼlim yoʻnalishi, 2020-yildan boshlab Latviya hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan “Axborot tizimlari va texnologiyalari (Raqamli boshqaruv va barqaror rivojlanish)” va “Iqtisodiyot (Barqaror iqtisodiyot va hududiy rivojlanish)” taʼlim yoʻnalishi hamda 2021-yildan boshlab Malayziyaning Linkoln universitet kolleji bilan “Raqamli iqtisodiyot (Biznes boshqaruv)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Qabul kvotasi va kirish ballari
Ta'lim yo'nalishi | Qabul kvotasi | Grant uchun kirish ballari | Kontrakt uchun kirish ballari |
---|---|---|---|
Iqtisodiyot (oziq-ovqat tizimlarini boshqarish) Vaynshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (2.5+1.5) | 0 / 0 | - | - |
Iqtisodiyot (Barqaror iqtisodiyot va hududiy rivojlanish) Latviya hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti (2+2) | 0 / 0 | - | - |
Axborot tizimlari va texnologiyalari (raqamli boshqaruv va barqaror rivojlanish) Latviya hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti (2+2) | 0 / 0 | - | - |
Raqamli iqtisodiyot (Biznes boshqaruv) Malayziya, Linkoln Universitet Kolleji (2+2) | 0 / 0 | - | - |
Iqtisodiyot (Islomiy bank ishi) Malayziya, Linkoln Universitet Kolleji (1+1) | 0 / 0 | - | - |
“Buxgalteriya hisobi va audit (Buxgalteriya hisobi bo'yicha biznes boshqaruvi)” Malayziya, Linkoln Universitet Kolleji (2+2) | 0 / 0 | - | - |
Galereya
Aloqa
- O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, "Professorlar" ko'chasi, 51-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas