Biologik faol moddalar kimyoviy texnologiyasi (PISh) (Magistratura) | Mentalaba

Biologik faol moddalar kimyoviy texnologiyasi (PISh) (Magistratura)

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali

Magistr

Qabul mudati: 15 Iyun - 15 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Biologik faol moddalar kimyoviy texnologiyasi (PISh) magistratura dasturi biologik faol moddalar, farmatsevtik preparatlar, biotexnologik mahsulotlar va innovatsion kimyoviy texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlaydi. Dastur magistrantlarga biologik faol birikmalar sintezi, zamonaviy tahlil usullari, biotexnologiya, sifat menejmenti va ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha chuqur nazariy hamda amaliy bilimlarni beradi.

Ta'lim jarayonida biologik faol moddalar kimyosi, farmatsevtik texnologiyalar, organik sintez, biotexnologiya, zamonaviy laboratoriya usullari, mahsulot sifatini nazorat qilish, innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalari va ekologik xavfsizlik masalalari o‘rganiladi.


Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Farmatsevtika va biotexnologiya korxonalarida yetakchi muhandis-texnolog.
  • Biologik faol moddalarni ishlab chiqish va sintez qilish bo‘yicha ilmiy xodim.
  • Ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda tadqiqotchi.
  • Mahsulot sifati va laboratoriya tahlillari bo‘yicha mutaxassis (QC/QA).
  • Oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarda pedagog hamda tadqiqotchi.
  • Biotexnologiya va farmatsevtika sohasida innovatsion loyihalar mutaxassisi.

Va boshqa mos keluvchi lavozimlarda faoliyat yuritishi mumkin.


Qabul imtihoni: Mutaxassislik fanidan og‘zaki suhbat Minimal o‘tish bali: 60 ball


Ta'lim tili: Rus tili


Ta'lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Rus
Kunduzgi - Rus tili
25 000 000 so'm / yillik