Biologiya (turlari bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Biologiya (turlari bo‘yicha) — bu tirik organizmlar, ularning tuzilishi, hayot faoliyati, rivojlanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadigan fan sohasidir. Biologiya hujayra tuzilishi, genetika, ekologiya, mikrobiologiya, zoologiya va botanika kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ushbu soha inson, o‘simlik va hayvon organizmlaridagi jarayonlarni ilmiy asosda tushuntiradi hamda tabiatni muhofaza qilish, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyat kasb etadi.
Biologiya (turlari bo‘yicha) bakalavrini tugatgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Zoolog – hayvonlar dunyosini o‘rganish va tahlil qilish.
- Botanik – o‘simliklarni o‘rganish va tahlil qilish.
- Mikrobiolog – mikroorganizmlarni o‘rganish va laboratoriya tahlillarini o‘tkazish.
- Genetik – irsiyat va genlar bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borish.
- Ekolog – atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni tahlil qilish.
- Fiziolog – organizmlar va ularning tizimlarining biologik jarayonlarini o‘rganish.
- Embriolog – hayvonlar va o‘simliklarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganish.
- Biotexnolog mutaxassisi – biologik texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash.
- O‘qituvchi yoki ilmiy xodim – ta’lim berish va ilmiy izlanishlar olib borish.
- Laboratoriya mutaxassisi – biologik tahlillar va tajribalarni amalga oshirish.
- Biologik xavfsizlik mutaxassisi – biologik xavf-xatarlarga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Agronom – qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simliklar va hayvonlarni rivojlantirish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Biologiya, Kimyo
Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 7 400 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 7 400 000 so'm / yillik
