Biznes administratsiyasi (milliy)
Bakalavr
Qabul mudati: 20 May - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Biznes adminstratsiyasi (milliy dastur) — bu kompaniya va tashkilotlarni samarali boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturi. Dastur resurslarni boshqarish, strategik rejalashtirish, marketing, moliya, inson resurslari, loyihalarni boshqarish va biznes samaradorligini oshirishning asosiy jihatlarini qamrab oladi.
Talabalar biznes jarayonlarini boshqarish, strategik rejalashtirish, tashkilot xatti-harakatlari, marketing, moliya, kadrlar boshqaruvi va loyihalarni boshqarish prinsiplari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Ular tahlil qilish, qaror qabul qilish va jamoada ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.
Biznes adminstratsiyasi bakalavrini dasturini tugatgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Biznes menejeri — kompaniya faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
- Loyiha menejeri — biznes loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
- Marketing menejeri — marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- HR menejeri — kadrlar boshqaruvi va inson resurslarini rivojlantirish.
- Moliyaviy menejer — moliya va tashkilotning iqtisodiy rivojlanishini boshqarish.
- Biznes bo‘yicha maslahatchi — biznes jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha maslahatlar berish.
- Ilmiy xodim yordamchisi — biznesni boshqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim tili: O'zbek tili, Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki - Rus tili
- 18 000 000 so'm / yillik
