Yo'nalish haqida
Biznesni boshqarish
Biznesni boshqarish — bu tashkilot va korxonalarni samarali boshqarish, ularning strategik rivojlanishi, moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ko‘p tarmoqli fan sohasi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish talabalarga menejment, strategik rejalashtirish, moliya, marketing, inson resurslarini boshqarish, tadbirkorlik asoslari, logistika va loyihalarni boshqarish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.
Yo‘nalishning asosiy maqsadi — biznes muhitida tez fikrlaydigan, tahlil qilishga qodir, mas’uliyatli qarorlar qabul qiladigan, innovatsion yondashuvga ega va yetakchilik salohiyatiga ega menejer va tadbirkorlar tayyorlashdir.
Bitiruvchilar qayerda ishlashadi?
Mazkur yo‘nalishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z faoliyatlarini quyidagi soha va lavozimlarda olib borishlari mumkin:
— Biznes-menejer: korxona yoki tashkilotning ichki va tashqi faoliyatini boshqaradi, strategik qarorlar qabul qiladi.
— Tadbirkor: o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yadi, biznes-rejalar tuzadi, investitsiyalar jalb qiladi.
— Loyiha menejeri: yirik loyihalarni rejalashtirish, byudjetlashtirish va ularni amalga oshirish jarayonlarini boshqaradi.
— HR menejeri (inson resurslari bo‘yicha mutaxassis): xodimlarni tanlash, malakasini oshirish va jamoaviy muhitni shakllantirish bilan shug‘ullanadi.
— Biznes-rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis: kompaniya faoliyatini rejalashtirish, risklarni baholash va samaradorlikni oshirish ustida ishlaydi.
— Startap loyihalari bo‘yicha maslahatchi: yangi biznes g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishda yuridik, moliyaviy va boshqaruv bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi.
— Savdo va strategik rivojlanish bo‘yicha menejer: kompaniya mahsulotlarini bozorda ilgari surish, savdo hajmini oshirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Shuningdek, biznesni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik va o‘rta biznes subyektlarida, xalqaro tashkilotlarda ham o‘z o‘rnini topa oladi. Ular investitsiya loyihalari, konsalting xizmatlari, notijorat tashkilotlar va hatto davlat boshqaruvi sohasida ham faoliyat yuritish imkoniga ega.
Test sinovlari: Matematika va ingliz tili fanlari hamda mantiq (IQ) testlardan iborat bo‘ladi.
O‘qish muddati: 4 yil davom etadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Ingliz
- Kunduzgi
- 16 000 000 so'm / yillik
