Mentalaba - Universitet haqida
SHARQ UNIVERSITETI logo

SHARQ UNIVERSITETI

Xususiy universitet

Navoiy viloyati

4.4

(7 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Sharqdan boshlangan ilm, global imkoniyatlarga yo‘l ochadi!

SHARQ UNIVERSITETI — zamonaviy ta’lim, innovatsiya va qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda, milliy va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishni maqsad qilgan xususiy oliy ta’lim muassasasi. Universitet 2025 yil 25 fevralda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 636162-sonli davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.

🎯 MAQSADIMIZ

Ilm-fan, ta’lim va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan holda, milliy va xalqaro talablariga javob beradigan, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash.

📌 STRATEGIYAMIZ

Zamonaviy ta’lim orqali xalqaro andozalarga mos, kuchli raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirish va TOP universitetlar qatoriga kirish.

📚 TA’LIM MUHITI

Talabalar uchun zamonaviy auditoriyalar, kutubxonalar, elektron resurslar, kompyuter xonalari va interaktiv o‘quv muhiti mavjud. SHARQ UNIVERSITETI bilim, tafakkur va ijodkorlikda yetakchi bo‘lgan xalqaro darajadagi bitiruvchilarni tayyorlashga intiladi.

👨‍🏫 O‘ziga xos o‘qitish uslubi

Yetakchi mahalliy hamda xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida zamonaviy va amaliy o‘qitish uslublariga asoslangan ta’lim tizimi. Talabalar o‘qishning dastlabki bosqichidanoq ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladilar.

🌐 Xalqaro hamkorlik

Talaba va o‘qituvchi almashinuvi dasturlari Turkiya, Ozarbayjon, Indoneziya, Italiya va Shimoliy Kipr davlatlaridagi yetakchi universitetlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xususan:

  • Karabuk universiteti (Turkiya)
  • Istanbul Tijorat universiteti
  • Anqara Yildirim Boyazit universiteti
  • Okan universiteti (Turkiya)
  • Xazar universiteti (Ozarbayjon)
  • va boshqalar bilan 2+2 ta’lim dasturlari joriy qilinmoqda.

🧭 Shiorimiz:

“Zamonaviy ta’lim, imkoniyat va qadriyatlar uyg‘unligi”

Grantlar

Sharq universitetining kunduzgi ta’lim shakliga hujjat topshirayotgan abituriyentlarga quyidagi mezonlar asosida grantlar ajratiladi:

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasini oltin medal bilan tamomlagan abituriyentlarga – 100% miqdorida grant;
  2. “Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblariga – 25% miqdorida grant;
  3. Respublika fan olimpiadalarida 1–3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlarga – 100% miqdorida grant;
  4. IELTS xalqaro til sertifikatiga ega abituriyentlarga quyidagi tartibda grant ajratiladi:
  • 6.5 ball – 25% miqdorida;
  • 7.0 ball – 50% miqdorida;
  • 7.5 va undan yuqori ball – 100% miqdorida.

Shuningdek, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan talabalar keyingi o‘quv yili uchun universitet granti va stipendiyalariga tavsiya etilishi mumkin.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko’chasi 32b-uy
imageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas