Mentalaba - <!-- -->Biznesni boshqarish: qishloq xo‘jaligida | Mentalaba

Biznesni boshqarish: qishloq xo‘jaligida

Toshkent davlat agrar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Biznes boshqaruvi — biznes faoliyatini boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejment sohasining holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.


Boshqaruv nima?

Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqador. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi
10 500 000 so'm / yillik
;