Mentalaba - Universitet haqida
Toshkent davlat agrar universiteti logo

Toshkent davlat agrar universiteti

Davlat universiteti

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

20 Iyun 2025 - 20 Iyul 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Universitet haqida:

Toshkent davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918-yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida - qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930-yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934-yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi. 1991-yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi. Bunday maqom o‘sha davrdagi MDH dagi 104 ta qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.



Qabul qilish tartibi : Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida BMB agentligining namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Bakalavr:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

 pasport;

 diplom;

 til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)

 imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

 toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

 pasport;

 bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Magistratura:

- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.


Xorijiy fuqarolarni o'qishga qabul qilish talablari:

Xorijiy fuqarolar Toshkent davlat agrar universitetiga (TDAU) to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro, hukumatlararo va idoralararo shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, TDAU va xorijiy universitetlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan hollar ham bundan mustasno. Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriat dasturlariga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi. Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari Toshkent davlat agrar universitetining magistratura dasturlariga qabul qilinadilar. TDAUda o‘qishni istagan chet el fuqarolari barcha hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetga topshirishlari shart. TDAUning bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qishni istagan chet el fuqarolari Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan tanlangan ta’lim yoki mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Hujjatlar ro‘yxati:

1. Shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma ya'ni pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).

2. Diplom ilovasi yoki attestatsiya nusxasi

3. Sertifikat, diplomning skanerlangan versiyasi, o‘qilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda). Magistratura uchun bakalavr diplom, o‘qilgan fanlar va olingan baholari (ballari)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).

4. Agar tavsiyanomaga ega bo‘lsa (PDF formatida, elektron shaklda). 

5. Ariza (rektor nomiga o‘qishga qabul qilinish to‘grisida).

6. Elektron pochtaga barcha ma'lumotlar yuboriladi: Elektron pochta manzili....



-Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.

-Stipendiya: Toshkent davlat agrar universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan.


Universitet yotoqxonasi :

Toshkent davlat agrar universiteti hududida 5 ta talabalar turar joylari, 1 kir yuvish binosi, 3 ta ovqatlanish kafelari, 1 ta Sport kompleksi, 1 ta Axborot resurs markazi va 1 ta Yoshlar markazi binosi ish faoliyat yuritib kelmoqda.


Xorijiy hamkorliklar: Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ularga asosan universitetning talabalari Germaniya, Rossiya singari davlatlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tab kelishmoqda.

2020-yilda AQSH, Rossiya va Belorussiyaning 4 ta OTMlari bilan hamkorlik shartnomalariga asosan 5 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etildi.

-       WSB universiteti(Polsha)

-       Vitautas Magnus Universiteti(Litva)

-       Irkutsk davlat agrar universiteti(Rossiya)

-       Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti(Latviya)

-   Missisipi shtati universiteti. (AQSH)



Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Agrobiznes va investitsion faoliyat15 / 35115.276.5
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik40 / 6088.871.5
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)60 / 9076.258.5
Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar)5 / 2072.564.3
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)15 / 35109.393.8
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)5 / 20105.182.5
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi20 / 80112.192.2
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)15 / 3571.261.9
Ipakchilik va tutchilik20 / 557457.9
Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti15 / 3510374.9
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish20 / 557358.9
Korporativ boshqaruv15 / 35134.986.7
Logistika (agrologistika)10 / 40121.276.7
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish20 / 5580.556.7
Marketing (qishloq xo‘jaligida)15 / 6085.659.3
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)20 / 556856.9
Mevachilik va uzumchilik20 / 5584.663.3
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)15 / 3577.956.7
O‘rmonchilik35 / 6580.866.1
O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)8 / 070.5-
O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini20 / 5568.156.8
O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)45 / 8068.256.7
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash5 / 20108.176.9
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)15 / 3570.561.2
Professional ta‘lim: agronomiya6 / 14114.694.5
Professional ta‘lim: o‘rmonchilik6 / 1496.768.1
Professional ta‘lim: o‘simliklarni himoya qilish6 / 14117.199.3
Professional ta‘lim: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi6 / 14104.587.2
Professional ta‘lim: tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish6 / 1498.778.5
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)40 / 6089.366.3
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash15 / 3571.765.1
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)40 / 11068.256.7
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)15 / 3512780
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik20 / 5576.859.3
Suv bioresurslari va akvakultura0 / 25-62
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)20 / 3068.757.9
Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish30 / 4569.457
Turizm (agroturizm)15 / 35145.1119.5
Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)5 / 209672.5
Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi)5 / 45172.3143.8
Zooinjeneriya (parrandachilik)0 / 25-56.9
Zooinjeneriya (qoramolchilik)15 / 3575.864.1
Zooinjeneriya: asalarichilik15 / 3575.662
Zooinjeneriya: baliqchilik15 / 3577.362.8
Zooinjeneriya: qorako‘lchilik15 / 3568.658
Agrobiznes va investitsion faoliyat3 / 0--
Agrokimyo3 / 0--
Agronomiya10 / 0--
Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)10 / 0--
Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli dizayn6 / 0--
Baliqchilik10 / 0--
Biotexnologiya (mahsulot turi bo‘yicha)8 / 0--
Buxgalteriya hisobi (qishloq xo‘jaligida)3 / 0--
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi8 / 0--
Ekologiya (qishloq xo‘jaligida)3 / 0--
Ekonometrika1 / 2--
Entomologiya10 / 0--
Fitopatologiya10 / 0--
Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)1 / 2--
Logistika (agrologistika) 3 / 0--
Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari)8 / 0--
Manzarali bog‘dorchilik6 / 0--
Menejment (klasterlarni boshqarish)10 / 0--
Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya 8 / 0--
O‘rmonchilik 10 / 0--
O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha) 12 / 0--
O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat 10 / 0--
O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha) 20 / 0--
O‘simlikshunoslik (gulchilik)3 / 0--
Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi 3 / 0--
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha) 3 / 0--
Sabzavotchilik va polizchilik 8 / 0--
Seleksiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)20 / 0--
Subtropik va sitrus meva ekinlari8 / 0--
Tutchilik8 / 0--
Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash8 / 0--
Biznesni boshqarish: qishloq xo‘jaligida10 / 65107.461
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi20 / 55109.188.4
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik50 / 1008361.9
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish43 / 7075.862.1
O‘simliklar karantini va himoyasi5 / 2069.460.3
Professional taʼlim: iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)7 / 1883.158.5
Professional taʼlim: o‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish8 / 1794.565.7
Professional taʼlim: veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)7 / 1896.562.4
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)40 / 6068.459.1

Aloqa

  • call
  • Universitet ko'chasi 2 uy, Toshkent, 100020, Oʻzbekiston
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas