Boshlang‘ich ta‘lim
Fan va texnologiyalar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
"Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishida talabalar boshlang‘ich sinflarda bolalar bilan ishlash bo‘yicha asosiy bilim va uslublarni o’rganadi. O’qish davomida talabalar pedagogika tamoyillarini, asosiy fanlarni o'qitish metodlarini o'rganadilar, shuningdek, o'quv jarayonini tashkillashtirish va o’quvchilar bilan muloqot qilish ko'nikmalarini egallaydilar.
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, shuningdek, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ular o'z bilimlarini ta'lim bo'yicha maslahatchilar sifatida hamda ta'lim dasturlarini ishlab chiqishda qo'llashlari mumkin.
Aytib o’tish lozim, boshlang'ich sinf - bu bolaning hayotidagi asosiy ko'nikmalar, qadriyatlar va bilim olishga bo'lgan munosabati shakllanadigan asosiy davrdir. Boshlang'ich ta'lim mutaxassislari har bir bolaning shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Bolalar bilan ishlash ijodkorlik va innovatsiyalarni talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun o‘qitishning turli usullaridan, jumladan, o‘yin va interfaol darslardan foydalanadilar.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 18 480 000 so'm / yillik
- Kechki
- 14 800 000 so'm / yillik
