Boshlang‘ich ta‘lim
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Boshlang‘ich ta’lim — bu bolalarning birinchi maktab yillaridagi (odatda 1–4-sinf) ta’lim jarayoni bo‘lib, unda ular asosiy bilimlar, ko‘nikmalar va tarbiya bilan tanishtiriladi. Bu bosqich bolalarning fikrlash, nutq, mantiqiy va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ularning kelajakdagi ta’lim va shaxsiy rivojlanishining poydevorini tashkil qiladi.
Boshlang‘ich ta’lim bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi — 1–4-sinf o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berish
- Sinf rahbari — o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
- Xususiy maktab o‘qituvchisi — nodavlat ta’lim muassasalarida dars berish
- Repetitor — individual yoki guruhli qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish
- Pedagog-tashkilotchi — maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish
- Boshlang‘ich ta’lim metodisti — dars jarayonlari va metodik ishlarni rivojlantirish
- O‘quv markazlari o‘qituvchisi — tayyorlov va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar olib borish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Ona tili va adabiyoti, Matematika
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
