
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Xususiy universitet
Toshkent shahri
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
UNIVERSITET HAQIDA MA'LUMOT:
U O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biridir.
Universitetimiz talabalar ta’lim toifalari akademik ta’lim va akademik bo’lmagan ta’limni o‘z ichiga oladi. Akademik ta’lim bakalavriat va magistraturalarni o‘z ichiga oladi; akademik bo‘lmagan ta’limga ingliz, xitoy, koreys, rus tillari kurslari, turli qisqa muddatli o‘quv kurslari kiradi. To‘rt yillik bakalavriat yo‘nalishlari uchun tayanch o‘quv muddati 4 yil. Oddiy magistraturada o‘qishning asosiy muddati 2 yil.
Hozirda boshlang‘ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, tilshunoslik va chet tillarini o‘qitish, buxgalteriya hisobi va audit, turizm menejmenti, iqtisodiyotni boshqarish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya, axborot tizimlari va texnologiyalari, logistika, marketing kabi 28 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud.
Universitetda hozirda ingliz, xitoy, rus, arab, koreys, nemis, ispan, fransuz va boshqa xorijiy tillar o‘qitilmoqda. Kelgusida alohida ingliz tili, xitoy tili filologiyasi hamda tarjimonlik fakultetlari ochish rejalashtirilgan.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti mutaxassisliklar bo‘yicha afzalliklari va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kadrlar tayyorlashga bo‘lgan muttasil o‘sib borayotgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda chet el oliy o‘quv yurtlari bilan “milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, resurslardan umumiy foydalanish, bir-birini to‘ldiruvchi afzalliklar, o‘zaro manfaatli hamkorlik va birgalikda rivojlanish” tamoyillariga tayanib hamda xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha boshqaruv qoidalariga muvofiq o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
TGFU “tinchlik va hamkorlik, ochiqlik va bag‘rikenglik, oʻzaro o‘qib-o‘rganish, o‘zaro manfaatdorlik” asosida oliy ta’limni internatsionallashtirishga ko‘maklashish, ichki va xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, birgalikda malakali kadrlar tayyorlash va ijtimoiy, iqtisod va boshqaruv sohalarida bakalavriat yo‘nalishida talabalarni o‘qitish uchun ta’lim tizimini yaratish maqsadida hamkorlik platformasini yaratmoqda.
Universitetimiz talabalari nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham tahsil olish imkoniyatiga ega. Xususan, bakalavriat bosqichida tahsil oladigan talabalar ikkinchi kursdan keyin grant asosida chet elga o‘qishga yuboriladi. Ular o‘qishni Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Italiya va yana boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda davom ettirishlari mumkin.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Har yili iqtidorli talabalarni xorijdagi hamkor universitetlarga grant asosida o‘qishga yuboradi.
Har bir abituriyent universitetimizdagi o‘zi qiziqqan yo‘nalishni tanlab, qulay va zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega. Ular o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishadilar.
Toshkent gumanitar fanlar universitetida ayni paytda 5000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. 80 dan ortiq o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat yuritadi. Universitetning maʼmuriy binosi Toshkentda joylashgan, Toʻrtko‘l hamda Samarqand kampuslari mavjud.
Universitet qoshida ta’limni rivojlantirish fondi hamda til va madaniyat tadqiqot markazlarini ham ochilgan. Undan tashqari, universitetimizda xitoy, koreys, ingliz va rus tili tayyorlov kurslari ham bor. Ta’limni rivojlantirish fondini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet o‘qituvchilari va talabalarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, pedagog va talabalarning ilmiy hamda ijodiy faoliyatlariga ko‘maklashish, darslik-qo‘llanmalar chop etish, stipendiyalar ajratish hamda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va boshqalardan iborat.
“Toshkent gumanitar fanlar universiteti Toshkent kampusi” qurilishini boshlash arafasidamiz. Mazkur o‘quv shaharchamiz hududida o‘quv binolari, kutubxona, universitet qoshidagi maktab va bolalar bog‘chasi, stadion, o‘qituvchilar va talabalar yotoqxonalari, oshxonalar, supermarket va boshqa binolar qurilishi rejalashtirilgan. Bizning asosiy maqsadimiz o‘qituvchilar uchun eng yaxshi ish muhitini va talabalar uchun eng yaxshi ta’lim muhitini yaratishdir.
Universitet jamoasi yaqin kelajakda universitetning xalqaro nufuzini oshirib, uni jahonning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiritishni maqsad qilgan.
Talabalar uchun yotoqxona:
2023-yil boshida Toshkent kampusi talabalari uchun ham 500 o‘rinli uch qavatli zamonaviy yotoqxona qurib foydalanishga topshirildi. Yotoqxonada talabalarning yashashlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Keng, yorug‘ va shinam xonalarda talabalar o‘zlarini xuddi o‘z uylaridagidek his qilishadi. Aloqa uchunHar bir qavatda alohida oshxonalar, yuvinish va kiyim yuvish xonalari mavjud. Shuningdek, talabalarning dars qilishlari va kitob o‘qishlari uchun ham maxsus ma’naviyat xonasi ham bor. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxona zamonaviy maishiy texnikalar bilan ham to‘liq jihozlangan. Jumladan, har bir xonada karavotlardan tashqari, konditsioner, 2-3 dona shkaf, stol-stullar mavjud. Har bir qavatda alohida oshxona bo‘lib, unda muzlatgich, 4 donadan tokpechkalar, elektr choynaklar, mikroto‘lqinli pechlar ham bor. Har bir qavatdagi yuvinish xonalariga kir yuvish mashinalari ham o‘rnatilgan.
Turarjoy masalasi aksariyat talabalar va ularning ota-onalarini o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan jiddiy muammolardandir, buning ustiga, xonadon ijara haqining muttasil oshib borishi albatta hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ko‘pchilikka og‘irlik qiladi. Toshkent gumanitar fanlar universiteti shu kabi holatlarni inobatga olib talabalar uchun yotoqxona qurdi. Ayni paytda universitetimizning har bir kampusi oʻzining yotoqxonalariga ega. To‘rtko‘l kampusida 3 qavatli 220 o‘rinli yotoqxona binosi mavjud. Samarqand kampusi o‘quv binosi bilan birga talabalar turarjoyi ham qurilishi rejalashtirilgan.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti koʻplab chet el oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.Shuningdek, ushbu universitetlarga talabalarni grant asosida har yili o’qishga yuboramiz.
- Chang’an University
- Nanjing Normal University
- Nanchang University
- Sejong University
- Казанский федеральный университет
- Северо-Кавказский горно‑металлургический институт (SKGMI)
- Ленинградский государственный университет имени А. С. Пушкина
Abituriyentlar uchun:
1.Sayohat
Har 10-15 kunda yaxshi oʻqigan talabalar universitet tomonidan tog‘ va dam olish maskanlariga sayohatga yuboriladi.
2.Grant
Grant asosida hamkor xorijiy mamlakatlarda oʻqish imkoni mavjud.
3.Futbol chempionati
Futbol chempionati bahslari boʻlib oʻtadi. Bunda har haftaning yakshanba kunlari jamoaviy oʻyinlar tashkil etiladi.
4.Zakovat
Universitetdagi 5 ta yoʻnalish boʻyicha Zakovat intellektual oʻyini oʻtkaziladi. G‘olib boʻlgan jamoalar taqdirlanadi.
5.Onlayn taʼlim
Onlayn taʼlim shakli ham mavjud. Xitoy, Malayziya, Rossiya Italiya, Singapur va Koreya davlatlari universitetining 5 yoʻnalish boʻyicha mutaxassislari jalb etilgan
Universitetning sirtqi taʼlim shakli ishlaydigan va farzandi bor talabalar uchun har tomonlama qulay.
6.Malaka oshirishga yuboriladi.
Bir yilda bir marta grant asosida 50 nafar talabalar chet elga malaka oshirishga yuboriladi. Nafaqat malaka oshirish balki, sayohat qilish ham mumkin
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Manzil: 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani, Guliston MFY, Beruniy tup koʻchasi 146-uy 2. Toshkent shahri, Yangixayot tumani, Choshtepa MFY, Choshtepa ko’chasi, 381-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas






Izohlar
Izohlar mavjud emas