BSc (Hons) Biznesda Axborot Texnologiyalari (Foundation Digital Technologies)
Bakalavr
Qabul mudati: 15 Mart - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
BSc (Hons) Biznesda Axborot Texnologiyalari (Foundation Digital Technologies)— bu dastur zamonaviy biznesda axborot texnologiyalarining ahamiyatini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Talabalar innovatsion texnologiyalar, dasturlash, ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilishni o‘rganadilar hamda korporativ muhitda IT yechimlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.
Ushbu dastur ijodkorlik, tahliliy qobiliyat va biznes tushunchasiga e’tibor beradigan dinamik IT kasblariga tayyorlaydi.
BSc (Hons) Biznesda Axborot Texnologiyalari (Foundation Digital Technologies) bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Ma’lumotlar Analitigi (Data Analyst) – biznes ma’lumotlarini tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash.
- Axborot Tizimlari Mutaxassisi (Information Systems Specialist) – tashkilotlar uchun IT tizimlarini loyihalash, joriy etish va boshqarish.
- Dasturiy Ta’minot Ishlab Chiquvchi (Software Developer) – biznes ehtiyojlariga mos dasturiy ilovalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash.
- IT Konsultant (IT Consultant) – kompaniyalarga IT strategiyalari va texnologik yechimlar bo‘yicha maslahat berish.
- IT Loyihalar Menejeri (Project Manager in IT) – IT loyihalarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va samarali boshqarish.
- Tadbirkor / IT Biznes Egasi (Entrepreneur / IT Business Owner) – o‘z IT kompaniyasini yoki texnologik startapni yaratish va boshqarish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar butun dunyo miqyosida tan olingan xalqaro diplom egasiga aylanadi!
Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili
Ta’lim tili: Ingliz tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta'lim muddati: 1 yil Foundation + 3 yil bakalavr dasturi (jami 4 yil)
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 40 000 000 so'm / yillik
