Mentalaba - Universitet haqida
Coventry University by UDEA logo

Coventry University by UDEA

Xalqaro universitet

Toshkent shahri

3.4

(2 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

2 Yanvar 2025 - 20 Avgust 2025

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) – 2022-yil 7-yanvar kuni tashkil etilgan bo‘lib, jahon ta’lim standartlariga mos keluvchi zamonaviy o‘quv dasturlari, laboratoriyalar va yuqori malakali o’qituvchilarni o’z ichiga mujassam etgan oliy ta’lim dargohi. UDEAda “Moliya”, “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Menejment” va “Marketing” kabi ixtisoslashtirilgan bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari mavjud.

UDEA qisqa vaqt ichida AQShning Amerika Universiteti, Italiyaning Polimi Oliy menejment maktabi, Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kolleji kabi 10 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi.

E’tiborlisi, UDEA 2023-yil 28-aprel kuni dunyoning TOP-600 taligiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi va hozirda yurtimizning ko‘plab yoshlari O‘zbekistonda turib, Koventri Universiteti dasturlarida tahsil olib kelmoqdalar.

O’zbekistondagi yirik tijorat banklaridan biri Agrobank, har yili UDEA talabalari uchun 200 ta grant hamda turli xil stipendiyalar ajratmoqda. Ushbu grant sizni 4 yil hech qanday harajatlarsiz xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. E’tiborlisi talabalarimiz 50 dan ortiq talabalarimiz o‘qish davridayoq Agrobankda pullik asosda amaliyot o’tashmoqda.

 

Kirish talablari:

O‘rta maxsus ta’limni bitirganlikni tasdiqlochi hujjat(agar bitiruvchi bosqichda bo’lsa, hozirda ta’lim olayotganligi haqida ma’lumotnoma)

-       IELTS bali 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) va undan yuqori/TOEFL 60 va undan yuqori yoki Koventri universiteti ingliz tili testi (CUET)*: ball 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) va undan yuqori.

*CUET - bu abituriyentlar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa, UDEAdagi Koventri universiteti dasturlariga kirish huquqini olish uchun topshiradigan testdir.

Grantlar

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti quyidagi Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti dasturlari uchun “Agrobank” ATB tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan 200 ta grant* o‘rinlarini eʼlon qiladi:

  1. BSc (Hons) Biznes uchun axborot texnologiyalari;
  2. BSc (Hons) Xalqaro Moliya va Bank ishi
  3. BSc (Hons) Buxgalteriya Hisobi va Moliya
  4. BA (Hons) Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar
  5. BA (Hons) Biznes boshqaruvi va liderlik;


Grantga ariza berish jarayoni:

  • Hujjatlaringizni topshiring.
  • UDEAdagi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) dasturlaridan biriga muvaffaqiyatli qabul qilining.
  • “Agrobank” ATB vakillari bilan suhbatdan* o'ting.

Suhbat vaqti: Bizning operatorlarimiz sizga qo'ng'iroq qiladi va suhbat sanasi va vaqti haqida xabar beradi.

Suhbat formati: Oflayn, UDEA hududida.

Suhbat konteksti: Erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari to'grisida

Intervyu tili: O‘zbek/Rus


* Kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalar uchun 1 yillik stipendiya imkoniyati:

1. Universitet stipendiyasi (3 million so’mgacha)

2. UDEA jamoasi stipendiyasi (6 million so'm)

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Boshliq, 3-uy
imageimageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas