Mentalaba - <!-- -->BSc (Hons) Buxgalteriya va Moliya (Foundation in Accounting and Finance) | Mentalaba

BSc (Hons) Buxgalteriya va Moliya (Foundation in Accounting and Finance)

Coventry University by UDEA

Bakalavr

Qabul mudati: 15 Mart - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

(Bakalavr) Foundation in Accounting and Finance (Buxgalteriya va Moliya) — bu moliya va buxgalteriya sohalarida chuqur bilim beruvchi akademik dastur. Ushbu kurs zamonaviy biznes va moliya industriyalarining talablariga moslashtirilgan bo‘lib, talabalarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham beradi.

Talabalar moliyaviy hisobotlar, soliqlar, moliyaviy ma'lumotlarni tahlil qilish, boshqaruv buxgalteriyasi va moliya dunyosining boshqa muhim jihatlarini o‘rganadilar. Dastur shuningdek moliya institutlari va buxgalteriya amaliyotlarida keng qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot bilan amaliy tajriba olish imkonini ham beradi.


Foundation in Accounting and Finance bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Financial Accountant – moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va moliyaviy faoliyatni yuritish.
  • Management Accountant / Finance Manager – moliyaviy operatsiyalarni boshqarish, byudjet va resurslarni nazorat qilish.
  • Financial Consultant – kompaniya va shaxslar uchun moliyaviy maslahatlar berish.
  • Tax Specialist / Tax Advisor – soliqlar bilan bog‘liq masalalarda mutaxassislik qilish.
  • Auditor – moliyaviy audit ishlarini olib borish va tekshiruvlar o‘tkazish.
  • Risk Manager / Financial Risk Analyst – moliyaviy xavflarni tahlil qilish va boshqarish, kompaniya aktivlarini himoya qilish va samaradorlikni oshirish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili


Ta’lim tili: Ingliz tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi


Ta'lim muddati: 1 yil Foundation + 3 yil Undergraduate dastur (jami 4 yil)

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
40 000 000 so'm / yillik
;