BSc (Hons) Xalqaro Moliya va Bank Ishlari
Bakalavr
Qabul mudati: 15 Mart - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
BSc (Hons) Xalqaro Moliya va Bank Ishlari — bu bakalavr dasturi talabalarni global moliya va bank sohasiga chuqur kirish imkonini beradi. Kurs jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarni moliya bozorlarini, bank operatsiyalarini va xalqaro moliya institutlarini chuqur o‘rganishga tayyorlaydi.
Talabalar xalqaro moliya sohasining asosiy jihatlarini o‘rganadilar, jumladan: risklarni boshqarish, investitsiyalar, xalqaro bank faoliyati va moliyaviy ma’lumotlarni global kontekstda tahlil qilish. Dastur shuningdek, zamonaviy xalqaro moliya amaliyotida qo‘llaniladigan moliyaviy vositalar va texnologiyalarda amaliy ko‘nikmalarni beradi.
BSc (Hons) Xalqaro Moliya va Bank Ishlari bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Xalqaro moliya mutaxassisi – xalqaro moliya bozorlarini tahlil qilish va moliyaviy qarorlar qabul qilish.
- Investitsiya bankiri – investitsiya loyihalarini boshqarish, kapital bozorida operatsiyalarni amalga oshirish.
- Moliyaviy maslahatchi – kompaniya va shaxslar uchun xalqaro moliyaviy maslahatlar berish.
- Xavf menejeri / Analitik – global moliyaviy xavflarni tahlil qilish va boshqarish, aktivlarni himoya qilish.
- Bank operatsiyalari menejeri – xalqaro bank faoliyatini nazorat qilish va moliyaviy operatsiyalarni boshqarish.
- Global moliyaviy analitik – jahon moliya bozorlarini o‘rganish va kompaniya strategiyasini ishlab chiqish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar butun dunyo miqyosida tan olingan xalqaro diplom egasiga aylanadi!
Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili
Ta’lim tili: Ingliz tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta'lim muddati: 1 yil Foundation + 3 yil bakalavr dasturi (jami 4 yil)
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 40 000 000 so'm / yillik
