Mentalaba - <!-- -->Dasturiy injiniring | Mentalaba

Dasturiy injiniring

SHARQ UNIVERSITETI

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Navoiy viloyati

Yo'nalish haqida

Dasturiy injiniring — bu dasturiy mahsulotlarni tizimli loyihalash, ishlab chiqish, test qilish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy muhandislik yo‘nalishidir. Ushbu yo‘nalish talabalarni algoritmlarni yaratish, dasturlash tillarida ishlash, ma’lumotlar tuzilmasi, sun’iy intellekt, mobil va veb-ilovalarni yaratish, tizim arxitekturasi, dasturiy xavfsizlik va DevOps amaliyotlari bo‘yicha chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.

Yo‘nalishning asosiy maqsadi — global IT bozorida raqobatbardosh, murakkab dasturiy tizimlarni mustaqil ishlab chiqishga qodir, yangiliklarga ochiq, innovatsion fikrlovchi yuqori malakali dasturiy muhandislar tayyorlashdir.

 

Bitiruvchilar qayerda ishlashadi?

Dasturiy injiniring yo‘nalishini tugatgan mutaxassislar IT va texnologiyalar bozorida eng talabgir kadrlardan hisoblanadi. Ular quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yurita oladi:

 

Backend va frontend dasturchi: veb-sayt va ilovalarning foydalanuvchi interfeysi yoki server qismini ishlab chiqadi.

Mobil ilovalar ishlab chiquvchisi (Android/iOS): turli platformalar uchun mobil dasturlar yaratadi va ularni texnik jihatdan takomillashtirib boradi.

Dasturiy arxitektor: murakkab tizimlarning strukturaviy dizaynini ishlab chiqadi, texnologik yechimlar taklif qiladi.

Testlovchi (QA Engineer): dasturiy ta’minot sifatini nazorat qiladi, xatolarni aniqlaydi va mahsulotni ommaga chiqarishga tayyorlaydi.

DevOps muhandisi: dasturiy mahsulotni yaratishdan to foydalanuvchiga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonni avtomatlashtiradi.

Sun’iy intellekt va ma’lumotlar muhandisi: AI, mashinaviy o‘rganish va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlovchi tizimlarni yaratadi.

Startap asoschisi yoki mustaqil developer: o‘z dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqadi, frilanserlik asosida ishlaydi yoki texnologik kompaniya asos soladi.

IT-konsultant yoki loyiha rahbari: mijozlar bilan texnik yechimlar ustida ishlaydi, jamoani boshqaradi va mahsulot sifatini ta’minlaydi.

Dasturiy injiniring sohasi o‘zini tezda rivojlantirishga, yangi texnologiyalar bilan ishlashga tayyor, tanqidiy fikrlovchi va ijodiy yondashuvga ega shaxslar uchun ayni muddao hisoblanadi. Bu soha bilan siz nafaqat ish topasiz, balki global o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi innovatsiyalar yaratasiz.

 

Test sinovlari: Matematika va ingliz tili fanlari hamda mantiq (IQ) testlardan iborat bo‘ladi.

         O‘qish muddati: 4 yil davom etadi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Ingliz
Kunduzgi
18 000 000 so'm / yillik
;