Mentalaba - <!-- -->Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili | Mentalaba

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

SHARQ UNIVERSITETI

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Navoiy viloyati

Yo'nalish haqida

Mazkur yo‘nalish talabalarga ingliz tilini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganish, uni o‘rgatish metodikasi, til tizimi, madaniyatlararo muloqot, tarjima asoslari hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslik kabi fanlarni puxta egallash imkonini beradi. Yo‘nalishning asosiy maqsadi — zamonaviy ingliz tilini mukammal biladigan, uni o‘rgata oladigan, xalqaro maydonda raqobatbardosh va yuksak saviyali mutaxassislar yetishtirishdir. Talabalar ta’lim davomida dars berish metodlari, kommunikativ kompetensiyalar, axborot texnologiyalaridan foydalanish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

 

Bitiruvchilar qayerda ishlashadi?

Mazkur yo‘nalishni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar ingliz tilini nafaqat o‘rganib, balki o‘rgata oladigan malakali filolog va pedagoglar sifatida quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:

 

Maktab va litsey o‘qituvchisi: umumta’lim muassasalarida ingliz tilidan dars beradi, zamonaviy metodikalar asosida o‘quvchilar bilan ishlaydi.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi yoki lektor: universitet va institutlarda filologiya yoki til o‘qitish yo‘nalishida dars olib boradi.

Til kurslari va o‘quv markazlarida trener: mustaqil til o‘rgatish markazlarida ingliz tilidan intensiv kurslar o‘tkazadi.

Tarjimon yoki yozma matnlar tahrirchisi: xalqaro tashkilotlar, nashriyotlar yoki kompaniyalarda hujjatlar, maqolalar va boshqa materiallarni tarjima qiladi yoki tahrirlaydi.

Gid-ekskursovod: sayyohlik firmalarida ingliz tilini biluvchi gid sifatida ishlaydi.

Mediamarkazlar va nashriyotlarda til mutaxassisi: ingliz tilidagi kontent yaratish, tarjima qilish, leksik tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Xalqaro kompaniyalarda ish yurituvchi yoki yozishmalar bo‘yicha mutaxassis: xorijiy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda ingliz tilida ish yuritadi.

Shuningdek, ingliz tilini chuqur egallagan mutaxassislar chet ellarda tahsil olish, ilmiy tadqiqot olib borish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish yoki onlayn platformalarda o‘qituvchilik qilish imkoniyatlariga ham egadirlar.

 

 

Test sinovlari: ingliz tili va ona tili fanlaridan hamda mantiq (IQ) testlardan iborat bo‘ladi.

         O‘qish muddati: 4 yil davom etadi.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi
15 000 000 so'm / yillik
;