Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili — bu ijtimoiy-gumanitar va pedagogik sohaga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u o‘zbek tilining tuzilishi, rivojlanishi, grammatikasi, fonetikasi, leksikasi va stilistikasini o‘rganadi. Ushbu soha o‘zbek adabiyoti, madaniyati va til tarixiga alohida e’tibor qaratadi hamda tilni o‘qitish metodikasini o‘rgatadi.
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda dars berish (pedagogik sertifikat bilan).
- Til markazi o‘qituvchisi — xususiy o‘quv markazlarida o‘zbek tilini o‘qitish.
- Tarjimon — yozma va og‘zaki tarjima bilan shug‘ullanish (qo‘shimcha malaka bilan).
- Filolog (tilshunos) — tilshunoslik va filologiya sohasida ilmiy yoki amaliy faoliyat olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Chet tili, Ona tili va adabiyoti
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 8 150 000 so'm / yillik
