Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Surxondaryo viloyati
Yo'nalish haqida
Mutaxassislik fanlari yuqori malakali professor-o’qituvchilar va ishlab chiqarish korxonalaridan tashrif buyurgan soha vakillari bilan birgalikda olib boriladi. Darslar kompyuter texnologiyalari hamda ilg’or pedagogik usullarga asoslangan holda o’tib kelinadi. Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishida – yer va boshqa ko‘chmas mulk ob’yektlarini baholash, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shahar, tumanlar hududini kadastr s’yomka qilish, yer-joylardan foydalanish bo‘yicha Davlat nazoratini olib borish, yer-joy va ko‘chmas mulk ustida olib boriladigan ishlar monitoringini yuritish; topografik va kadastr s’yomkalarini bajarish; yer-joylarning miqdoriy va sifat jihatlarining ularga doir huquqiy hujjatlarga mosligini aniqlash uchun topografo-geodezik ishlarni amalga oshirish; yer-joylarning chegaralarini joyida o‘lchash, ularning koordinat nuqtalarini aniqlash va mustahkamlash; yer-joyga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni tayyorlash; yer mulkka egalik qilish, foydalanish va arendaga berishning huquqiy asoslarini aniqlash hamda guvohnomalarni berish; yer-joy va boshqa ko‘chmas mulk masalalari bo‘yicha nizoli holatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashni o’rgatadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik