Mentalaba - <!-- -->International Foundation Diploma dasturi | Mentalaba

International Foundation Diploma dasturi

STARS International University

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Foundation — bu xalqaro akademik dastur bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridagi universitetlarda ta’lim olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini taqdim etadi.

 

Dastur Buyuk Britaniya ta’lim modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro malaka tizimidagi 3-darajaga (Level 3) mos keladi. U o‘rta ta’limni yakunlagan va bakalavriat bosqichiga kirish uchun akademik va til tayyorgarligini mustahkamlashni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan.

 

Foundation dasturi orqali dunyo bo‘yicha 1000 dan ortiq universitetlarga kirish imkoni mavjud, jumladan Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari, shuningdek O‘zbekistondagi davlat, xususiy va xalqaro universitetlarda faoliyat yuritayotgan xalqaro, qo‘shma yoki moslashuvchan ta’lim dasturlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga.

 

Dastur shuningdek, STARS International University’ning bakalavriat yo‘nalishlarida ta’limni davom ettirish, ba’zi hamkor yoki mustaqil universitetlarda esa ikkinchi bosqichdan boshlash imkonini beradi.

 

Dastur tuzilmasi quyidagilardan iborat:

 

1. Akademik ingliz tili (Academic English):

Akademik yozish, o‘qish, bahslashish, og‘zaki chiqish va taqdimot ko‘nikmalarini shakllantirish.

 

2. Tanqidiy fikrlash va tadqiqot ko‘nikmalari (Study and Research Skills):

Manbalar bilan ishlash, tadqiqot faoliyati, akademik loyihalar yuritish va universitetga xos fikrlash tarziga tayyorlash.

 

3. Amaliy matematika va raqamli ko‘nikmalar:

Moliyaviy, iqtisodiy, muhandislik, tibbiyot, IT va gumanitar yo‘nalishlarga moslashtirilgan tayyorgarlik modullari.

 

4. Yo‘nalishga oid fanlar (Subject-specific modules):

Kelajakdagi mutaxassislikka mos fanlar: biznes, menejment, texnologiyalar, dizayn, biologiya, huquqshunoslik va boshqalar.

 

Xalqaro va milliy akademik imkoniyatlar:

– butun dunyo bo‘yicha 1000 dan ortiq universitetlarda bakalavriatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish;

– O‘zbekistondagi ba’zi xususiy va xalqaro universitetlarda ikkinchi bosqichdan o‘qishni boshlash imkoniyati;

– davlat universitetlarida mavjud xalqaro yoki qo‘shma dasturlarga kirish;

– STARS International University’da bakalavriat ta’limini davom ettirish imkoniyati;

– IELTS, TOEFL, SAT kabi xalqaro imtihonlarni topshirmasdan, ichki baholash asosida kirish huquqi (dastur muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda).

 

Xalqaro maqom va tan olinishi:

Dastur STARS International University bilan strategik hamkorlik qiluvchi UK Awarding Body tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim-uslubiy materiallar asosida amalga oshiriladi. Mazkur awarding body Buyuk Britaniya hukumati tarkibidagi rasmiy regulyator bo‘lgan

Ofqual (The Office of Qualifications and Examinations Regulation) tomonidan nazorat qilinadi.

 

Dastur yakunida beriladigan diplom xalqaro miqyosda yuridik kuchga ega bo‘lib, akademik va professional doiralarda keng e’tirof etilgan.

 

Ushbu dastur kimlar uchun?

– xalqaro universitetlarda bakalavriat bosqichida o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun;

– universitet tizimiga kirishdan avval til va akademik tayyorgarligini mustahkamlashni istagan abituriyentlar uchun;

– farzandlari uchun ishonchli, tushunarli va huquqiy jihatdan asosli ta’lim yo‘lini izlayotgan oilalar uchun;

– xorijiy va mahalliy universitetlarning xalqaro tuzilishga ega dasturlarini o‘rganishni maqsad qilgan bitiruvchilar uchun.

 

Ta’lim shakllari:

Dastur ikki shaklda taqdim etiladi —

an’anaviy (offline) va masofaviy (online),

STARS International University tomonidan to‘liq metodik va ma’muriy ko‘mak asosida olib boriladi.


Kirish uchun talablar:

1) IELTS 5

2) TOEFL 35-453

3) Quyidagi ichki imtihonlar:

Ingliz tili – 2 balldan (20 ta savol)

Mantiq (IQ) – 2 balldan.(20 ta savol)Matematika – 2 balldan (20 ta savol)


O'qish davomiyligi: 1 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi
21 000 000 so'm / yillik
Masofaviy
18 000 000 so'm / yillik
;