Mentalaba - Universitet haqida
STARS International University logo

STARS International University

Xususiy universitet

Toshkent shahri

0.0

(0 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025

dollar

Akkreditatsiya guvohnomasi

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY

Oʻzbekistondagi eng ko'p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet


1. Universitet nomi

- STARS International University (STARS) O‘zbekistondagi eng ko'p xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan, shu bilan birga rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida faoliyat yurituvchi oliy o‘quv yurti hisoblanadi.


2. Status va akkreditatsiya

- STARS Buyuk Britaniya va AQSH davlat organlari tomonidan tan olinadi va har yili Britaniya Standartlar Instituti (Buyuk Britaniya, 1901 yilda tashkil etilgan) va Amerika Milliy Akkreditatsiya Kengashi (AQSh, 1899 yilda tashkil etilgan) tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro sifat standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sifat auditidan o‘tadi.


- Universitet dunyodagi yetakchi universitetlar qatori SAP Universitetlar alyansining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. STARS, shuningdek, Xalqaro Universitetlar Kengashi - College Board (AQSh) ning a'zosi va ta'limni sinovdan o'tkazish va baholash bo'yicha dunyodagi eng yirik tashkilot - ETS (AQSh) ning strategik hamkoridir.


- Moliya va audit bo'yicha bakalavr darajasi Buyuk Britaniyaning Ta'lim va fan bo'yicha Milliy agentligi ECCTIS (UK ENIC) tomonidan rasman tan olingan, bu esa universitet diplomi Buyuk Britaniya universitetlarining diplomiga teng ekanligini bildiradi.


- STARS NASA, SpaceX, Roskosmos va dunyoning boshqa yetakchi kosmik agentliklari qatorida Xalqaro Astronavtika Federatsiyasining (IAF) faxriy a'zosi hisoblanadi.


3. Tashkil etilgan yili

- Universitet 2021-yilda talabalarni qabul qila boshladi. Qisqa vaqt ichida STARS Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlishni maqsad qilgan holda, mamlakatda xalqaro oliy taʼlim boʻyicha yetakchiga aylandi.


4. Universitet qayerda joylashgan?

Mirzo Ulug‘bek va Amir Temur nomidagi ikkita universitet binosi Toshkent shahrida, Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘yidagi nufuzli hududda, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 1-2-uy manzilida joylashgan.


5. Qanday yo'nalishlar mavjud?

- ACCA Dual Diploma Embedded dasturi (davlat klassifikatoriga muvofiq - noyob kod 52309000) - biznes va texnologiya, moliya va buxgalteriya hisobi, audit va menejment sohalarini qamrab oladi.


- Dunyoning eng nufuzli universitetlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha 6000 dan ortiq yo'nalishlarga ega bo'lgan artikulyatsiya dasturlari - 1+3 | 2+2 | 3+1 .


6. Ta'lim shakllari va tillari

• Kunduzgi

• Masofaviy

• O'zbek, ingliz va rus tillarida


7. Ta'lim to'lovlari

• Bakalavriat yo‘nalishi: 15 mln so‘mdan

• Biriktirilgan bakalavriat dasturi: 21 million so‘mdan

• Top universitetlarga qabul: 35 million so‘mdan

• Foundation (Level 3): 21 million so‘mdan

• Yurisprudensiya - Level 3: 21 million so‘mdan

— Muddatidan oldin ro‘yxatdan o‘tish orqali 9 million so‘mgacha maxsus grantlar


8. Afzalliklar va imkoniyatlar

- Universitet diplomining Buyuk Britaniyada ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz tan olinishi

- O‘zbek tilida o‘qib xalqaro diplom olish imkoniyati

- Russell Groupdan 13 ta universitetning dasturlarini amalga oshirish

- Xorijiy universitet bakalavriat bosqichining 2 yoki 3-kursiga kirish imkoniyati

- Xalqaro universitetlar konsorsiumi bilan eksklyuziv hamkorlik

- ACCA Dual Diploma Embedded dasturi

- Turkiya va Yevropa davlatlarining yetakchi agentliklari orqali talabalarni ishga joylashtirish

- DIGISTARS Maktablarni rivojlantirish fondi


9. Talabalik davri

- Har kuni bepul sport mashg'ulotlari

- Booking.com da (https://www.booking.com/hotel/uz/bq-hostel-and-stays-tashkent.html) ro'yxatga olingan, bepul kir yuvish xizmatlariga ega talabalar turar joylari, 

- Oziq-ovqat standartlari yuqori bo'lgan oshxona va mehmonlar uchun keng shart-sharoitlar

- Futbol, voleybol, basketbol bo'yicha O'zbekistonning barcha oliy o'quv yurtlari o'rtasida chempionlar

- Qiziqishingiz bo'yicha har xil klublar, raqamli laboratoriyalar

- PS5, kovorking, kutubxona, dam olish joylariga ega bo'lgan o'yin maydonchalari


10. Universitetga qanday qilib kirish mumkin

- mentalaba.uz yoki my.uzbmb.uz portali orqali rasmiy ro‘yxatdan o‘ting

- Shartnomani shaxsan imzolang

- imtihonsiz, diplom/sertifikat asosida

- o'qish uchun chegirma/grant va belgilangan narxni olish imkoniyatiga ega bo'ling

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • 100077, O'zbekiston, Toshkent Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi 2
imageimageimage

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas