Yo'nalish haqida
Iqtisodiyot — bu iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan ta'lim yo‘nalishidir. Ushbu dastur talabalarga iqtisodiyotning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi, shuningdek, iqtisodiy tahlil, boshqaruv va qaror qabul qilishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi. Iqtisodiyot bakalavriat dasturi
talabalarni milliy va global iqtisodiy tizimlarni tushunishga, moliya, biznes, marketing, va davlat siyosatini samarali boshqarishga tayyorlaydi.
Iqtisodiyot bakalavriat dasturi bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Iqtisodchi — iqtisodiy tahlil, tadqiqotlar olib borish, iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqish.
- Moliyaviy tahlilchi — korxona yoki davlatning moliyaviy holatini tahlil qilish, investitsiya va moliyaviy rejalashtirish.
- Marketing mutaxassisi — bozordagi talabni o‘rganish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassis — global iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, xalqaro savdo va investitsiyalarni boshqarish.
- Boshqaruv mutaxassisi — tashkilotlarning iqtisodiy faoliyatini boshqarish, samarali qarorlar qabul qilish.
- Davlat iqtisodchisi — davlat byudjeti, iqtisodiy siyosat va ijtimoiy rivojlanish sohalarida ishlash.
- Konsultant — iqtisodiy masalalarda maslahat berish, kompaniyalar va tashkilotlarga strategik rejalashtirishda yordam ko‘rsatish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Chet tili
Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 14 000 000 so'm / yillik
- Kechki - Rus tili
- 14 000 000 so'm / yillik
