
Tashkent Perfect University
Xususiy universitet
Toshkent shahri
3.2
(1 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Tashkent Perfect University – zamonaviy ta'lim va innovatsion yondashuvlarni birlashtirgan universitet bo‘lib, 2022-yil 19-oktabrda №043951 sonli litsenziya asosida rasmiy faoliyatini boshlagan. Ushbu universitet qisqa vaqt ichida o‘zining sifatli ta’limi va ilmiy salohiyati bilan ajralib turishga muvaffaq bo‘ldi.
Tashkent Perfect University talabalarga innovatsion va ilg‘or bilimlarni taklif etadi. Universitetda o'qitish jarayoni zamonaviy texnologiyalar yordamida interaktiv usullarda olib boriladi. Darslar nafaqat nazariy bilimlarga asoslangan, balki talabalarning amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Har bir talaba o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimlarni egallab, zamonaviy global bozor talablariga mos kadr sifatida shakllanadi.
Ilmiy salohiyat bu yerda alohida e'tibor bilan rivojlantirilmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlari xalqaro darajadagi nashrlarda chop etiladi va ko‘plab yirik loyihalarda qatnashib kelishmoqda. Ilmiy laboratoriyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar o‘z tadqiqotlarini olib borish imkoniyatiga ega. Universitetning ilmiy-innovatsion markazlari talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ochiq bo‘lib, ularga o‘z kashfiyotlarini amalga oshirishda to‘liq yordam ko‘rsatiladi.
Shuningdek, universitet ilm-fanga qiziquvchi talabalar uchun turli ilmiy konferensiyalar, seminarlar va treninglarni muntazam ravishda tashkil etadi. Bu tadbirlar nafaqat bilim olish, balki yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish imkonini ham beradi.
Tashkent Perfect University – bu nafaqat ta’lim, balki ilmiy izlanishlar, yangi yutuqlar va ulkan imkoniyatlar maskani. Agar siz o‘z kelajagingizni ilg‘or bilim va innovatsiyalar bilan bog‘lashni istasangiz, bu universitet sizni kutmoqda!
Qabul qilish talablari :
TPU tomonidan tashkil qilinadigan kirish imtihonlarida qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi.
Universitet spitendiyasi va grantlari:
Tashkent Perfect University talabalarini qo'lab quvvatlash maqsadida fanlarni yaxshi baholarga o'zlashtirgan talabalarga stipendiya va grantlar ajratadi.
Universitet yotoqxonasi :
Uzoqdan kelgan talabalar yotoqxona bilan taminlanadi.
Xalqaro hamkorlik :
Tashkent Perfect University bir qator xalqaro va mahalliy Oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, ulardan: Turkiya, Chexiya, Latviya davlatlarining yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Grantlar
Kontrakt to‘lov summasidan chegirma (skidka) beriladigan holatlar
(har bir toifani tasdiqlovchi Davlat xizmatlari markazidan QR-kodi mavjud bo‘lgan guvohnoma taqdim qilingan holatda):
- Bir oiladan 2 va undan ortiq shaxs o‘qisa (er-xotin; aka-uka, opa-singil va h.k.) (har bir talabaning tug‘ilganlik haqida yoki nikoh guvohnomasi nusxasi taqdim qilingan holatda) — har biriga 10%
Agar talabaning o‘zi:
- Yoshlar daftarida ro‘yxatda tursa — 10%
- Temir daftarida ro‘yxatda tursa — 10%
- Ayollar daftarida ro‘yxatda tursa — 10%
- Ijtimoiy himoya reyestrida ro‘yxatda tursa — 10%
- Nogironligi bo‘lsa — 10%
- 15-sentabrga qadar kontrakt umumiy summasining 90% miqdorida to‘lovni amalga oshirsa — 10%
- Boquvchisini yo‘qotgan talabalarga (vafot etganlik to‘g‘risida guvohnoma taqdim qilingan holatda) — 10%
- Chin yetim bo‘lsa — 20%
- IELTS 5.5–7 (CEFR B2, C1) bo‘lsa — 10%
- IELTS 7.5 va undan yuqori (CEFR C2) bo‘lsa — 20%
- O‘zbekiston miqyosidagi sport chempionlari — 10%
- Osiyo va Jahon miqyosidagi sport chempionlari — 20%
Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari:
- 1-o‘rin — 100% (bir yilga)
- 2-o‘rin — 75% (bir yilga)
- 3-o‘rin — 50% (bir yilga)
- Ishtirok etib, o‘rin olmaganlarga — 10% (bir yilga)
- Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari — 100% (bir yilga)
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- Toshkent shahri, Olmazor tumani, Xastimom MFY, Zarqaynar ko'chasi, 10-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas




Izohlar
Izohlar mavjud emas