Yo'nalish haqida
Iqtisodiyot — bu jamiyatda tovar va xizmatlar qanday yaratilishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishini o‘rganadigan fan sohasidir. Bu yo‘nalish resurslar tanqisligi sharoitida ularni oqilona ishlab chiqarish, boshqarish va ulardan foydalanish tizimlarini chuqur tahlil qiluvchi ijtimoiy-ilmiy sohaga kiradi.
Mazkur soha doirasida davlatga qarashli va xususiy sektor vakillari, moliya institutlari, sug‘urta kompaniyalari, fond bozoridagi ishtirokchilar, baholash agentliklari, davlat boshqaruvi organlari, ilmiy markazlar, shuningdek, ta’lim muassasalarining iqtisodiy, moliyaviy va marketing faoliyatlarini qamrab olgan ko‘plab sohalar o‘zaro uzviy aloqada faoliyat yuritadi.
Demak, iqtisodiyot bo‘yicha malakali kadrlar quyidagi yo‘nalishlarda ish yuritishlari mumkin:
— Boshqaruv (menejment)
— Bozor faoliyati va strategiyasi (marketing)
— Moliya tizimi
— Bank sohasi
— Sug‘urta xizmatlari
— Soliq tizimi va soliqqa oid tartiblar
— Hisob-kitob va audit (buxgalteriya)
— Ijtimoiy ta’minot va pensiya xizmatlari
Test sinovlari: Matematika va ingliz tili fanlaridan hamda mantiq (IQ) testlardan iborat bo‘ladi.
O‘qish muddati: 4 yil davom etadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Ingliz
- Kunduzgi
- 15 000 000 so'm / yillik
