Iqtisodiyot (oziq-ovqat tizimlarini boshqarish) Vaynshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (2.5+1.5)
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari)
Bakalavr
Qabul mudati: 30 Sentabr 2024
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Iqtisodiyot - bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishni oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi.
Lebensmittelmanagement (nemischa) - xarid qilish, ishlab chiqarish, mahsulot sifati, marketing kabi keng ko'lamli mavzularni qamrab olgan oziq-ovqat menejmenti bo'yicha mutaxassislik tayyorlaydigan soha.
Bu qo’shma ta’lim dasturi shu ikkala sohani ham birlashtirgan holda zamonaviy oziq-ovqat sanoatining asosiy jihatlari, jumladan, ishlab chiqarish texnologiyasi, soha qonunchiligi, oziq-ovqat xavfsizligi va resurslarni samarali boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu mutaxassislik hozirgi zamonaviy dunyo talab qilayotgan mutaxassaslikdir. Bu mutaxassislik qishloq xo’jaligida ekin urug’ini yerga ekishdan tortib toki iste’molchi dasturxoniga yetkazib berishgacha bo’lgan barcha qiymat zanjirini professional darajada biladigan kadrlar egallashi kerak bo’lgan barcha nazariy va amaliy bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan mutaxassislik hisoblanadi.
Iqtisodiyot (oziq-ovqat tizimlarini boshqarish) taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi taʼlimda 2,5+1,5 shaklida (2,5 yil O’zbekistonda va 1,5 yil Germaniyada) amalga oshiriladi. O‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Akademik profil
Ushbu dastur ishlab chiqarish, menejment, marketing va oziq-ovqat sifati bilan bog'liq keng ko'lamli fanlarni o'z ichiga oladi va quyidagi asosiy elementlardan iborat bo’ladi:
- Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini, jumladan, qayta ishlash, konservalash, qadoqlash va saqlashni o'rganish.
- Mahsulot sifatini boshqarish. Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish usullarini tahlil qilish, shu jumladan xavfsizlik standartlari va sertifikatlash.
- Iqtisodiyot va menejment. Oziq-ovqat sanoatida iqtisodiyot, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, logistika va marketing tamoyillarini o'rganish.
- Oziq-ovqat xavfsizligi va gigienasi. Oziq-ovqat xavfsizligi va sanitariya qoidalari va standartlari.
- Tadqiqot va mahsulotni ishlab chiqish. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va mavjudlarini yaxshilash uchun ilmiy tadqiqotlar o'tkazish.
- Oziq-ovqat sanoatining xalqaro jihatlari: Jahon tendentsiyalari va standartlarining oziq-ovqat sanoatiga ta'sirini tahlil qilish.
- Amaliyot. Amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish uchun oziq-ovqat sanoati korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyati (5-semestr Germaniyada amaliyot).
Lebensmittelmanagement dasturi odatda oziq-ovqat sanoati sohasida rivojlanishni xohlovchi talabalar uchun ishlab chiqarishdan mahsulot boshqaruvi va marketingigacha keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Karyera imkoniyatlari
Germaniyada Lebensmittelmenejment yo’nalishini tamomlagandan so'ng bitiruvchilar tajribasi, ta'lim darajasi va ixtisosligidan kelib chiqib, quyidagi lavozim va maoshlarda (yillik, soliqqa tortishga qadar) ishlay olishadi:
- Lebensmittel Manager: Bu lavozim uchun o'rtacha ish haqi yiliga 30 000 dan 60 000 yevrogacha.
- Einkaufsmanager für Lebensmittel: Bu sohadagi maoshlar yiliga 40 000 dan 70 000 yevrogacha.
- Qualitätsmanager für Lebensmittel: Ushbu lavozim uchun o'rtacha ish haqi yiliga 35 000 dan 60 000 yevrogacha.
- Marketingmanager für Lebensmittel: Bu sohadagi maoshlar yiliga 35 000 dan 70 000 yevrogacha.
- Vertriebsspezialist für Lebensmittel: Bu lavozim uchun o'rtacha ish haqi yiliga 30 000 dan 50 000 yevrogacha.
O’zbekistonda ham bu yo’nalish yangi yo’nalish bo’lib, zamonaviy sanoat korxonalari bunday kadrlarga katta ehtiyoj sezishmoqda. Ko’plab oziq-ovqat sanoati korxonalari bu qo’shma dasturni muvaffaqiyatli tugatgan kadrlar uchun 2500 dan 3500 dollargacha ish haqi berishga tayyor ekanliklari tajribamizda bor.
Bu bakalavr darajasi bitiruvchilarga O’zbekiston, Germaniya yoki boshqa xorijdagi universitetlarda tegishli magistraturada o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Nemis tili
- Qo'shma ta'lim
- 16 800 000 so'm / yillik