Iqtisodiyotdagi Data Scientist | Mentalaba

Iqtisodiyotdagi Data Scientist

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti

Magistr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Iqtisodiyotdagi Data Scientist — bu korxona, tashkilot va davlatning iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va ulardan qarorlar qabul qilish jarayonlarida foydalanishga yo‘naltirilgan magistratura yo‘nalishi. Ushbu soha katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash, iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni modellashtirish, statistik va sun’iy intellekt usullarini qo‘llash orqali iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish va optimallashtirishni o‘rgatadi.

Shuningdek, bu yo‘nalish ma’lumotlar bazasini boshqarish, mashina o‘rganish (Machine Learning) modellarini yaratish, biznes-intellekt va iqtisodiy tahlil vositalarini qo‘llash, iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.


Iqtisodiyotdagi Data Scientist magistratura bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Data Scientist – iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, prognoz modellari yaratish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash.
  • Business Analyst / Biznes-analitik – korxona va tashkilotlarning iqtisodiy jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish.
  • Financial Analyst / Moliyaviy tahlilchi – moliyaviy va investitsiya ma’lumotlarini modellashtirish va strategik tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Machine Learning Engineer / Mashina o‘rganish mutaxassisi – iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar asosida mashina o‘rganish modellarini ishlab chiqish.
  • IT va texnologiya bo‘yicha mutaxassis – iqtisodiy ma’lumotlar bazasini boshqarish va tahlil vositalarini integratsiya qilish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili


Ta’lim tili: Rus tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi


Ta’lim muddati: 2 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Rus
Kunduzgi - Rus tili
38 700 000 so'm / yillik