
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti
Xalqaro universitet
Toshkent shahri
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Rоssiya Fеdеrаtsiyasi Tа’lim vаzirligining 2001-yil 28- mаrtdаgi 1356-sоnli buyrug‘igа muvоfiq Tоshkеnt shаhridаgi ОTM filiаli tаshkil etilgаn. G.V. Plехаnоv nоmidаgi RIUning Tоshkеnt filiаli – o‘zining shоnli tаriхi vа kuchli prоfеssоr-o‘qituvchilаri jаmоаsi bilаn mаshhur bo‘lgаn, rаqоbаtbаrdоsh tа’lim muаssаsаsidir. Filiаl munоsib fаоliyat yuritib kеlmоqdа. Bu еrdа Tа’lim, ilmiy fаоliyat, ijtimоiy vа tаrbiyaviy ishlаrdаn ibоrаt uch tоmоnlаmа jаrаyon mujаssаmdir. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi tоmоnidаn O‘zbеkistоndа filiаlning fаоliyatini tаrtibgа sоlib turuvchi ikkitа qаrоr qаbul qilingаn. Bu O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2002-yil 5- sеntyabrdаgi 318-sоn Qаrоri vа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2011-yil 22 аvgustdаgi 239-sоnli “Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2002-yil 5-sеntyabаrdаgi “Rоssiya iqtisоdiy аkаdеmiyasining Tоshkеnt shаhri filiаli fаоliyatini tаshkil etish to‘g‘risidа”gi Qаrоrigа o‘zgаrtish vа qo‘shimchаlаr kiritish to‘g‘risidа”gi Qаrоridir.
Bakalavr va magistratura ta’limi quyidagi usul va metodlarga asoslangan: ma’ruzalar, case-studylar (iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish), seminar mashg‘ulotlar (biznes reja ishlab chiqish), biznes o‘yinlari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, profil bo‘yicha amaliyot, interaktiv ma’ruzalar, guruh loyihalari, individual va guruh prezentatsiyalari hamda ilmiy seminarlar.
Filial ta’lim dasturiga innovatsion elementlar joriy etilgan:
- talabalar mustaqil ishlashini oshirish;
- zamonaviy texnologiya va metodlardan foydalanish;
- tanlangan fakultativ kurslar orqali individual o‘quv dasturi yaratish imkoniyati;
- kompaniyalar va tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalari;
- o‘qituvchilar rahbarligida fanlar bo‘yicha case-studylar ishlab chiqish.
Filialning faoliyati davomida 3400 dan ortiq bakalavr va magistr bitiruvchilari tayyorlangan va ular mintaqaviy mehnat bozorida talabga ega.
Filialda O‘zbekiston fuqarolari bilan bir qatorda Rossiya, Ukraina, Armaniston, Xitoy va boshqa davlatlardan ham talabalar tahsil olishadi.
Toshkent filialida Raqamli iqtisodiyot va moliya fakulteti, Iqtisodiyot va biznes fakulteti hamda 6 ta kafedra faoliyat yuritadi:
- Mehnat iqtisodiyoti va menejment
- Iqtisodiy nazariya
- Moliya va kredit
- Raqamli iqtisodiyot va matematik fanlar
- Chet tillar va gumanitar fanlar
- Xalqaro iqtisodiyot
Filialda oliy iqtisodiy ta’lim yuqori sifatda taqdim etiladi. Buning asosiy omillari: zamonaviy o‘qitish usullari, chuqur bilimlar, axborot texnologiyalari va chet tilini o‘rganish imkoniyati.
Filialning eng katta boyligi – uning xodimlari: o‘qituvchilarning 70% dan ortig‘i PhD va ilmiy darajaga ega.
Filialda Moodle masofaviy ta’lim tizimi joriy etilgan, bu talabalarga elektron o‘quv materiallarini istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, zamonaviy kompyuter sinflari, interaktiv auditoriyalar, til laboratoriyalari, multimedia jihozlari bilan jihozlangan ma’ruza zallari, 25 mingdan ortiq kitob va elektron kutubxona mavjud.
Baklavr yo'nalishlari:
- Analitik Iqtisodiyot va Ekonometrika
- Xalqaro savdo
- Jahon iqtisodiyoti
- Loyihalarni boshqarish
- Biznes-statistika va analitika
- Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti
- Moliyaviy boshqaruv
- Menejmentda raqamli innovatsiyalar
- Iqtisodiyot va inson kapitalini boshqarish
- Moliya va kredit
- Restoran biznesini boshqarish
- Sun’iy Intellekt Tizimlari va Texnologiyalari
Magistratura yo'nalishlari:
- Moliyaviy Iqtisodiyot va Investitsiyalar
- Xalqaro Iqtisodiyot va Biznes
- Iqtisodiy Konsalting
- Raqamli Biznes
- Iqtisodiyotdagi Data Scientist
Xalqaro aloqalar:
Filialning xalqaro aloqalari keng rivojlangan. Hamkor universitetlar va ta’lim markazlari qatoriga quyidagilar kiradi: Bologna University (Italiya), Gunadarma University (Indoneziya), Magdeburg University (Germaniya), Dresden University of Applied Sciences (Germaniya), University of Applied Sciences Bremerhaven (Germaniya), UCSI (Malayziya), Solbridge University (Janubiy Koreya), Inha University (Janubiy Koreya), Anglo-Continental University (Buyuk Britaniya), Shanghai University (Xitoy), London School of Business and Finance (Buyuk Britaniya), Hokkaido University (Yaponiya), Nagoya University (Yaponiya), Korea University (Janubiy Koreya), Al-Azhar Islamic University (Indoneziya), Asia-Pacific Research Center va Hanyang University (Janubiy Koreya).
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- 100164, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo-Ulugbek tumani, Yalangach, Shahriobod ko'chasi 3-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas




Izohlar
Izohlar mavjud emas