Mentalaba - <!-- -->Kiberxavfsizlik injiniringi | Mentalaba

Kiberxavfsizlik injiniringi

SHARQ UNIVERSITETI

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Navoiy viloyati

Yo'nalish haqida

Kiberxavfsizlik injiniringi — bu axborot tizimlarini, kompyuter tarmoqlarini, dasturiy ta’minot va foydalanuvchi ma’lumotlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltirilgan ilg‘or va strategik texnologik yo‘nalishdir. Ushbu yo‘nalish talabalarga raqamli infratuzilmalarda xavfsizlikni ta’minlash, ma’lumotlar maxfiyligini saqlash, kiberhujumlarga qarshi kurashish, xavfsizlik tizimlarini loyihalash va testdan o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni beradi.

Yo‘nalishning asosiy maqsadi — zamonaviy texnologiyalarni chuqur tushunadigan, tez fikrlovchi, tizimiy yondashuvga ega, axborot xavfsizligini ta’minlay oladigan mutaxassislar — kiberxavfsizlik muhandislarini tayyorlashdir.

 

Bitiruvchilar qayerda ishlashadi?

Kiberxavfsizlik yo‘nalishini tugatgan mutaxassislar bugungi kunda eng talab yuqori bo‘lgan va dolzarb kasblardan biriga ega bo‘ladilar. Ular quyidagi lavozim va sohalarda ishlashlari mumkin:

 

Kiberxavfsizlik muhandisi (Cybersecurity Engineer): tizimlarning zaif nuqtalarini aniqlash, ularni himoyalash va doimiy monitoring olib borish bilan shug‘ullanadi.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha analitik: tarmoq va server faoliyatini kuzatadi, tahdidlarni aniqlaydi va hujumlarning oldini olish choralarini ko‘radi.

Penetratsion testlovchi (Ethical Hacker): tizimlarga sinov hujumlari uyushtirib, zaifliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Kriptografiya mutaxassisi: ma’lumotlarni shifrlash, xavfsiz aloqa kanallarini yaratish va maxfiylikni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Tarmoq xavfsizligi mutaxassisi: lokal va global tarmoqlarda xavfsizlik siyosatini ishlab chiqadi, firewall va IDS/IPS tizimlarini sozlaydi.

Dasturiy xavfsizlik bo‘yicha injiner: veb va mobil ilovalarda xavfsizlik tahlilini olib boradi, dasturiy tahdidlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.

Davlat yoki xususiy tashkilotlarda IT-xavfsizlik bo‘limi rahbari: axborot xavfsizligini boshqaradi, xodimlarga doimiy treninglar tashkil qiladi.

Kiberxavfsizlik sohasi tez rivojlanayotgan raqamli dunyoda eng muhim va yuqori maoshli sohalardan biridir. Har bir tashkilot, kompaniya va davlat tizimi o‘z faoliyatining barqarorligi uchun malakali kiberxavfsizlik mutaxassislariga muhtoj.

 

Test sinovlari: Matematika va ingliz tili fanlari hamda mantiq (IQ) testlardan iborat bo‘ladi.

         O‘qish muddati: 4 yil davom etadi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Ingliz
Kunduzgi
18 000 000 so'm / yillik
;