Kimyo texnologiyasida dasturlash va sun‘iy intellekt
D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali
Bakalavr
Qabul mudati: 15 Iyun - 15 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kimyo texnologiyasida dasturlash va sun'iy intellekt — bu kimyo muhandisligi, dasturlash va sun'iy intellekt texnologiyalarini birlashtiruvchi zamonaviy ta'lim yo‘nalishidir. Dastur talabalarga kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish hamda sun'iy intellekt yordamida texnologik jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.
Ta'lim jarayonida kimyo texnologiyasi asoslari, Python va boshqa dasturlash tillari, ma'lumotlar bazalari, mashinaviy o‘qitish (Machine Learning), sun'iy intellekt, sanoat avtomatlashtirish tizimlari, raqamli modellashtirish, laboratoriya axborot tizimlari va texnologik jarayonlarni boshqarish o‘rganiladi.
Bitiruvchilar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Kimyo muhandisi — kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va boshqarish.
- Sun'iy intellekt muhandisi (AI Engineer) — kimyo sanoati uchun AI yechimlarini ishlab chiqish.
- Data Scientist / Data Analyst — kimyoviy va ishlab chiqarish ma'lumotlarini tahlil qilish hamda prognozlash.
- Jarayonlarni avtomatlashtirish muhandisi — ishlab chiqarish tizimlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish.
- Dasturiy ta'minot muhandisi — kimyo va sanoat korxonalari uchun dasturiy mahsulotlar yaratish.
- Ilmiy tadqiqotchi — hisoblash kimyosi, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kimyo – 40; Matematika/Fizika – 40/41; Rus tili – 40
Ta'lim tili: Rus tili
a'lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus
- Kunduzgi - Rus tili
- 25 000 000 so'm / yillik
- Masofaviy - Rus tili
- 15 000 000 so'm / yillik
