Logistika
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Logistika — bu tovarlar, xizmatlar va resurslarni ishlab chiqarishdan iste’molchigacha bo‘lgan butun zanjirni samarali boshqarish va optimallashtirishni o‘rgatuvchi ta’lim yo‘nalishidir. Ushbu dastur ta’minot zanjirini rejalashtirish, transport va saqlash tizimlarini boshqarish, inventarizatsiya nazorati va logistika jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan.
Logistika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Logistika menejeri (Logistics Manager): kompaniya yoki tashkilotlarda ta’minot zanjirini boshqarish.
- Transport va tarqatish bo‘yicha mutaxassis (Transport & Distribution Specialist): mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatish jarayonlarini boshqarish.
- Ta’minot zanjiri tahlilchisi (Supply Chain Analyst): xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni optimallashtirish.
- Ombor va inventarizatsiya menejeri (Warehouse & Inventory Manager): saqlash va inventarizatsiyani boshqarish.
- Konsultant yoki strategik maslahatchi (Logistics Consultant): kompaniyalarga logistika strategiyalarini ishlab chiqishda yordam.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Chet tili
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kechki - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
