Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Matbaa ishlab chiqarish dizayneri yoki broshyuralash-muqovalash ishlab chiqarish operatori – nashriyot, davriy nashr redaksiyalarida, dizaynerlik byurolarida va uyda, shaxsiy ofisda ham kompyuter dasturlari yordamida kitob, jurnal va plakatlarni sahifalash, sahifadagi matnga jadvalni joylashtirish va rasmlar bilan bezash, suratlarga ishlov berish, chop etishga tayyorlash ishlarini bajaradi.

Gazeta, jurnal, kitob yoki aytaylik, reklama varaqasini chiqarish uchun matnni kompyuterda terish, rasm yoki suratlarni tanlashning o‘zi kamlik qiladi. Eng muhimi - ularni sahifalash - original maket, ya’ni asl nusxani tayyorlash. Kompyuterda, albatta. Aynan kompyuter texnikasining poligrafiya sohasiga joriy qilinishi nashriyotchi va matbaachilarga bo‘lajak nashrning aniq va nafis original maketini tayyorlash imkonini berdi.

Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .



Sirtqi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Sirtqi ta’lim davomiyligi – 5 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
Sirtqi
12 627 170 so'm / yillik
;